Manbaning yozishicha, «Manchester Yunayted» «Sanderlend» hujumchisi Brayan Brobbining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
«Qizil iblislar» futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshlab yuborishdi. Brobbining amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali hujumchining transfer qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.
Brayan Brobbi «Sanderlend» safida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushgan. Ushbu bahslarda forvard 7 ta gol urishga va 1 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.













