Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

YECHL-2020/21: guruh bosqichida ishtirok etadigan 22ta klub aniq bo‘ldi

YECHL-2020/21: guruh bosqichida ishtirok etadigan 22ta klub aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yevropada mavsum asta-sekin yakunlanib, kelasi yili yevrokuboklarda ishtirok etadigan klublari nomi aniqlanmoqda. Jumladan, Chempionlar ligasining keyingi mavsumi guruh bosqichida qatnashadigan bir nechta jamoalar aniq bo‘ldi.

Fransiya, Niderlandiya, Belgiya va Shotlandiyada mavsum oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, Germaniya va Ispaniya chempionatni yakunlab qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Italiyada mavsum tugashiga 2 tur bo‘lsa-da, bu mamlakatdan YECHLda ishtirok etadigan 4 jamoaning nomi aniq bo‘lib ulgurdi. Shuningdek, Angliyadan ikkita klub aniq bo‘lgan.

Jami 26ta jamoaga bevosita YECHL guruh bosqichida ishtirok etish huquqi beriladi. Hozirgi kunga kelib bu huquqni qo‘lga kiritgan jamoalar:

Angliya: Liverpul, Manchester Siti
Ispaniya: Real, Barselona, Sevilya, Atletiko Madrid
Germaniya: Bavariya, Borussiya D, RB Leypsig, Borussiya M
Italiya: Yuventus, Inter, Atalanta, Lasio
Fransiya: PSJ, Marsel, Renn (agar Yevropa ligasi-2019/20 g‘olibi o‘z milliy chempionati orqali YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa)
Belgiya: Bryugge
Ukraina: Shaxtyor
Turkiya: Istanbul Bashekshehir
Portugaliya: Portu
Rossiya: Zenit, Lokomotiv
Niderlandiya: Ayaks (agar YECHL-2019/20 g‘olibi o‘z milliy chempionati orqali Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa)

Kim qoldi?
Bugun Angliyada ikkita ishtirokchi aniq bo‘ladi. Da’vogarlar 3ta: "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Lester".

Yana 2ta o‘rin Chempionlar ligasi-2019/20 va Yevropa ligasi-2019/20 g‘oliblariga beriladi. YECHLning joriy mavsumida o‘z yurishini davom ettirayotgan "Napoli", "Lion" va "Chelsi" klublari o‘z chempionatlari orqali turnirning kelgusi mavsumidagi ishtirokini kafolatlashmadi. Bu 3 klubdan biri YECHLda g‘olib chiqmasa, "Ayaks" guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Agar Yevropa ligasida, milliy chempionat orqali YECHLning keyingi mavsumida ishtirok etishi aniq bo‘lgan klub g‘alaba qozonsa (bunday klublar — "Inter", "Sevilya", "Shaxtyor" va "Istanbul"; "MYU" bunga yaqin turibdi), Fransiyaning "Renn" klubi Chempionlar ligasini bevosita guruh bosqichidan boshlaydi.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 14:29, 26.07.2020.
O'qildi: 11688 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.