Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya

“Oltin to‘p”siz mavsum? Ahmoqlar qarori!

“Oltin to‘p”siz mavsum? Ahmoqlar qarori!

Baho:
+ | -

“France Football” nashrining “oltin to‘p”ni bu mavsumcha hech kimga topshirmaslik borasida qarori ko‘plab jurnalistlarning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Stadion.uz bugun ushbu mavzuda fikr bildirgan mashhurlar va ularning pozisiyalari bilan tanishtirib o‘tadi.

64 yildan beri ilk bor “France Football” bu sovrinni hech kimga topshirmaslikka qaror qildi. Bunga nashr Covid-19 bilan yuzaga kelgan muammolarni sabab qilib ko‘rsatmoqda. “France Football” o‘z qarorini quyidagicha izohladi:

“Biz bu mavsumda topshirladigan sovrin favqulotta vaziyat sodir bo‘lgani uchun topshirilganibilan tarixda qolishini istamadik. Barcha futbolchilarni birdek baholashning bu mavsumda iloji yo‘q.”

Bu izoh omma yuzini ko‘rgach, “Associeted Press” nashri jurnalisti Rob Harris ijtimoiy tarmoqlar orqali darrov javob qaytardi: “1956-yildan beri futbol olamini nimalarni ko‘rmadi? Faqat “oltin to‘p”ning bekor qilinishini holos. Vaziyat jiddiy ekanligi rost, biroq barcha ichki birinchiliklar davom ettirilmoqda. Faqat “Liga 1”dan tashqari!”

Yana bir taniqli jurnalist Maykl Koks ham vaziyatga o‘zm unosabatini bildirib o‘tdi:

“Juda g‘alati qaror. Buning ortida nima bor ekanligini bilmadim, biroq juda g‘alati qaror qabul qilindi. Yigitlar atrofga e’tibor bering! Hamma chempionatlar davom ettirilmoqda. Ko‘zni oching!”

Bu borada taniqli rus jurnalisti Vasiliy Utkin yanada o‘tkir so‘zlarini ishga soldi:

“ “Oltin to‘p”ning bir mavsumga bekor qilinishi g‘irt tentaklik! Yevropa chempionati bekor qilindi? Xo‘sh, nima bo‘libti? Ahir ayni damda Yevropa chempionatlaridagi ajoyib uchrashuvlarni tomosha qilish imkoniyati 90-yillarga nisbatan bir necha bor yaxshiku! Avvalari ichki birinchiliklarni tv orqali tomosha qilinmagan. Shu sababli, katta musobaqalarda “Oltin to‘p” hal etilgan. Endi vaziyat o‘zgargan. Mavsum o‘zgacha ko‘rinish oldi? Noodatiy mavsumni o‘z qahramoni bilan yakunlash yanada chiroyli manzara kasb etadi.

Bu mavsumni “oltin to‘p”siz qoldirish uchun yetarlicha asos mavjud emas. Shunchaki, homiylar va reklamadan tushadigan daromad yo‘q holos. E’tibor va translasiya huquqisiz topshirilgan “oltin to‘p”dan “France Footbal” hech qanday naf ko‘rmayapti.

Afsuski, achinarli holat. Ushbu sovrin insonlarning miyasida aylanmoqda. Muxlislar uchun mavsumning mantiiiy yakuni va mavsumga qo‘yilgan imzo kerak edi. Eh ahmoqlar!”,-deb yozadi Utkin o‘z telegram kanalida.

Yana bir rus jurnalisti Aleksey Andronov tamomila o‘zgacha fikr bilan chiqdi:

“ “Oltin to‘p” shunchaki, glamur. Boshqa hech narsa emas. U futbol olamida mavjud eng ahmoqona va foydasiz sovrin. Aynan shu sovrin allaqachon futbolchilarni statusini belgilab beruvchi unvonga aylanib bo‘ldi. Aslida, bu mavsumda Levandoski bu sovringa juda yaqin kelgan edi, biroq endi sovrinsiz qoladi.”,-deb yozmoqda Andronov o‘z ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

FranceFootbal ” so‘nggi 11 yildagi eng shiddatli poygadan voz kechdi

2019/20-yilgi mavsum bir yo‘la ikkita futbolchi uchun ajoyib o‘tdi. E’tiborlisi shundaki, so‘nggi 11 yil davomida bu ro‘yxatda Ronaldu va Messining nomlari quyiroqdan o‘rin oldi. Tvitter tarmog‘ida qizg‘in bahslarga sabab bo‘layotgan mavzu ostida ko‘plab insonlar “Liverpul” futbolchilarining ismini “oltin to‘p” bilan birga tilga olmoqda, biroq asosiy da’vogar baribir Robert Levandoski bo‘lib turibdi. Hatto muxlislar polyakni qo‘llab-quvvatlash maqsadida #JusticeForLewandowski hechtegini ishga tushirib yuborishdi.

E’tiborlisi shundaki, hujumchi bu mavsumda sovringa barchadan yaqinroq turgandek taassurot uyg‘otmoqda. 43 ta o‘yinda kiritlgan 51 ta gol so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Bundesliga va Germaniya kubogida zafar quchgan Robert YECHL musobqasining ham to‘purari (11)hisoblanadi. Uni quvib o‘tishi mumkin bo‘lgan Holand (10) allaqachon safdan chiqqan. Keyingi o‘rinda borayotgan Gnabri va Mertenslarda 6 tadan gol mavjud.

Bugungi kunga kelib ko‘plab sobiq futbolchilar va murabbiylar Robertga hamdarlik bildirmoqda. AQSH terma jamoasinining sobiq futbolchisi Jimmi Konrad ham ular jumlasidan.

“Levandoskining o‘rnida bo‘lib qolishni sira istamagan bo‘lar edim. Bu yigit “oltin to‘p”ga loyiq ekanligini har tarafdan namoyish eta oldi. Uning uchun afsusdaman.”

Bundan tashqari, “oltin to‘p” uchun kurashga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan Benzema va Ramoslar uchun ham bu qaror juda og‘ir botgan bo‘lishi hech gap emas. Sababi, Ramos o‘z faoliyatidagi eng zo‘r mavsumni o‘tkazdi va Ispaniya chempionligini “Barselona”dan yulqib olishda ko‘mak berdi. Benzema esa, 10 yil ichida ilk bor o‘z soyasidan o‘zib ketdi va yetakchilik namoyish etdi. Bu qaror, “Real Madrid” klubini ham ko‘nglini xira qilgan bo‘lsa, ajab emas. Ispaniyaning Marca nashri jurnalistlari Edu Aguirre ham shunday fikrda ekanligini yashirib o‘tirmayapti.

Agar “Real” YECHLda “Bavariya”dan uzoqroqqa borganida, ushbu sorvin so‘zsiz Ramos yoki Benzemaga topshirilishi mumkin edi. Afsuski, mavsum “oltin to‘p”siz o‘z poyoniga yetadi. Bu hazm qilinishi og‘ir taomga o‘xshaydi. Birdaniga ko‘nikib ketish juda mushkul.”

Shuningdek, mutaxassislar “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne uchun ham “ France Footbal ”ning qaror yoqmagani aniq deb hisoblamoqda.

Daqhaqiqat, “Siti” chempionlikni qo‘ldan boy bergan bo‘lsada, YECHLda ishonchli yurishni davom ettirmoqda. Agar Lissabonga ko‘chib o‘tish amalga oshsa, Kevinda o‘zini ko‘rsatish uchun har qachongidan yaxshiroq imkoniyat paydo bo‘lar edi. Ayniqsa, uning “Santiyago Bernabeo”da ko‘rsatgan o‘yinidan so‘ng. Bunday yorqin mavsum yana bo‘lishi katta savol ostida turibdi.

Ushbu masala borasida Rossiyaning eng mashhur blogerlaridan biri – Vadim Lukomskiy ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Biroz eshitilishi g‘alati bo‘lishi mumkin, biroq uning so‘zlarida balki jon bordir?! Yana kim biladi deysiz?!

“ FranceFootbal ” 64 yillik an’anaga bir mavsum chek qo‘ymoqchi. Aynan shu omil sababli, katta daromaddan quruq qolishdan qo‘rqanlar uchun bir mavsum tanqidlarga chidash millionlarni boy berishdan avzalroq.”

Sizningcha bu mavsumda “oltin to‘p” uchun kim asosiy da’vogar edi? O‘z fikrlaringizni izohlarda bayon qiling.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:54, 27.07.2020.
O'qildi: 7354 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.