Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-0 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 0-0 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Viktor Kumikov: «O‘zbekiston kubogida ijobiy natija qayd etishga xarakat qilamiz»

Viktor Kumikov: «O‘zbekiston kubogida ijobiy natija qayd etishga xarakat qilamiz»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, o‘tgan hafta o‘zbekiston Kubogi o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda “Andijon” jamoasi o‘rin olgan “A” guruhida AGMK, “Metallurg” va “Navbahor” jamoalarini ham ko‘rish mumkin. Xo‘sh, bu borada “Burgutlar” ustozi Viktor Kumikovning fikrlari qanday? Rossiyalik murabbiy Kubok doirasida jamoasiing guruhdan keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini qanday baholaydi? Shu va boshqa savollarga javob olish maqsadida Kumikov bilan bog‘landik.

— Viktor Balyutovich, O‘zbekiston Kubogiga tashlangan qur’a marosimidan keyingi fikrlaringiz bilmoqchi edik?
— Kubok o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi televideniye orqali onlayn bo‘lgani uchun unda ishtirok etish imkoni bo‘lmadi. Natijalarni internet orqali bilib oldim. Shuning uchun bu borada tayinli fikr bildirishim qiyin.

— Kubok formatining bu yilgisi avvalgisiga nisbatan farq qiladi. Shu to‘g‘risida nima deysiz?
— Guvohi bo‘lib turganingizdek, pandemiya sababli bugungi kunda O‘zbekistonda karantin davri anchagina kuchaytarilgan. Bularning bari xalqning sog‘ligini o‘ylab qilinayotgan ishlardir. Inson uchun eng avvalo salomatlik birinchi o‘rin turadi. Hozirda o‘zbekistondagi vaziyatdan kelib chiqqan holda jamoalarni guruhlarga bo‘lingani balkim to‘g‘ri qaror deb o‘ylayman.

— Boshqaruvingizdagi “Andijon” jamoasi o‘rin olgan “A” guruhi bo‘yicha nima deysiz?
— Bilasizmi, Kubok o‘yinlarida barcha jamoalarning imkoniyati teng deb hisoblayman. Har bir o‘yinga shogirdlarimni faqat g‘alaba uchun tayyorlayman. Imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishga harakat qilamiz.

— Keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini qanday baholaysiz?
— Yuqorida aytib o‘tganimdek, guruhimizdan o‘rin olgan barcha jamoaning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bir xil. Kubok va chempionat o‘yinlari bir-biridan farq qiladi. Nasib qilsa, mamlakat Kubogida ijobiy natija qayd etishga xarakat qilamiz.

Manba: https://t.me/Championtvuz
Kiritildi: 23:50, 28.07.2020.
O'qildi: 3067 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик