Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

O‘zPFL qoshida COVID-19 davri uchun shifokorlardan iborat Komissiya tuzildi

O‘zPFL qoshida COVID-19 davri uchun shifokorlardan iborat Komissiya tuzildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi pandemiya sharoitida futbol uchrashuvlarini barcha sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkazilishi bo‘yicha jiddiy ish olib bormoqda. Bunda eng muhim omil — futbolchi hamda murabbiylar sog‘ligi masalasidir.

Shu bois O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan COVID-19 pandemiyasi davrida futbol klublaridagi futbolchilar, murabbiylar va boshqa mutaxassislar orasida epidemiologik vaziyatni va ularning sog‘lig‘i holatini nazorat qilish bo‘yicha malakali shifokorlarni jalb qilgan holda Komissiya tashkil etildi.

Komissiya a’zolari:

1. Alisher Aripov  – Sport shifokori

2. Bobir Abdazov  – Sport shifokori

3.  Nasiba Alimova – Shifokor-kardiolog

4.  Ra’no Qosimova – Shifokor-infeksionist

Komissiyaning asosiy vazifalari etib, futbol klublari shifokorlari bilan muntazam onlayn aloqada bo‘lgan holda ish olib borish, koronavirusga test topshirish jarayonini muvofiqlashtirish, jamoalar orasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarni aniqlash, kasallik aniqlangan holatlarda kerakli tavsiyalarni berish hamda futbolchilarning sog‘lig‘i holati qayd etib boriladigan elektron bazasini ishlab chiqish belgilandi.

Komissiya a’zolari bilan futbol klublari o‘rtasida o‘rnatilgan aloqalarning mustahkamligi COVID-19 pandemiyasi davrida chempionat musobaqalarini samarali tashkil etilishiga xizmat qilishi mumkin.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:55, 04.08.2020.
O'qildi: 2158 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик