Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Niderlandiya futbol ittifoqi ayol futbolchining erkaklar jamoasida o‘ynashiga ruxsat berdi

Niderlandiya futbol ittifoqi ayol futbolchining erkaklar jamoasida o‘ynashiga ruxsat berdi

Baho:
+ | -

Niderlandiya futbol ittifoqi (KNVB) tajriba sifatida 19 yoshli ayol futbolchi Ellen Fokkemega «Foarut» klubining erkaklar jamoasida o‘ynashga ruxsat berdi.

Ayni damda Niderlandiyada 19 yoshgacha bo‘lgan aralash jamoalarga ruxsat berilgan. 19 yoshdan so‘ng qizlar A kategoriyasida o‘g‘il bolalar bilan birga o‘ynay olmaydi. Ular ayollar klublari yoki B kategoriyaga kiruvchi aralash jamoalarda o‘ynashi mumkin, xolos. Agar tajriba muvaffaqiyatli o‘tadigan bo‘lsa, KNVB bu taqiqni olib tashlaydi.

Niderlandiya futbol ittifoqi mazkur qoidaning olib tashlanishi ayollar jamoalari mavjud bo‘lmagan chekka hududlaridagi qizlarning sportda o‘zini ko‘rsatishiga yordam beradi degan fikrda.

«Foarut» klubida o‘ynashda davom etishimdan juda xursandman. Bu yigitlar bilan besh yoshimdan beri o‘ynab kelaman va kelasi mavsumda ular safiga qo‘shila olmasam juda alam qilardi. Bu qanday bo‘lishini bilmayman, ammo bunday tajribada qatnashayotganimdan juda xursandman», — deydi Ellen.

«Foarut» havaskor futbol klubi Niderlandiyaning to‘qqizinchi divizioni ishtirokchisi hisoblanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 00:15, 05.08.2020.
O'qildi: 2903 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик