Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Qimmatlab ketgan futbolchilar (top 7)

Qimmatlab ketgan futbolchilar (top 7)

Baho:
+ | -

Stadion.uz transfermarket portali bergan ma’lumotlarga suyangan holda 2019/20-yilgi mavsumdan so‘ng narxi keskin ko‘tarilib ketgan futbolchilar bilan tanishtirib o‘tadi.

7. Lukas Okampos +35 mln yevro

2019-yilning yozida “Marsel”dan “Sevilya”ga 15 million evaziga ko‘chib o‘tgan Okampos o‘z faoliyatidagi eng zo‘r mavsumni o‘tkazdi.

Andalussiya klubi safida 33 ta o‘yinda maydonga tushgan futbolchi 14 ta gol va 5 ta assistga mualliflik qildi va Argentina terma jamoasidan chaqiruv oldi.

Ayni damda 26 yoshli futbolchi bilan “Inter”, “Arsenal” va “inter” shartnoma imzolash orzusida.

6. Diyego Karlos +37 mln yevro

 

Bugungi ro‘yxatimizdagi ikkinchi "Sevilya” futbolchisi.

Braziliyalik markaziy himoyachi Okampos singari o‘tgan mavsumda jamoa safiga kelib qo‘shilgan edi.

Birinchi uchrashuvlardayoq asosiy tarkibga loyiq ekanligini namoyish etgach, mavsumni to‘liq o‘tkazdi.

Marca nashrining ma’lum qilishicha, uning hizmatlari bilan “Manchester Siti” qiziqib qolgan, biroq “Sevilya” o‘z futbolchisini sotishni istamagan.

5. Meyson Grinvud +45 mln yevro

“Manchester Yunayed” tineyjeri o‘zining ilk mavsumidayoq 17 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qildi.

Bu esa, uning transfer qiymatini 0 dan 45 millionga qadar ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi..

Bugungi kunda “qizil iblislar” muxlislari Grinvudni kelajakdagi jamoaning yetakchisi sifatida qadirlashmoqda.

Yaqindagina, hujumchi klub bilan o‘rtadagi shartnomani 2026-yilga qadar cho‘zdi.

4. Renan Lodi +46 mln yevro

 

O‘tgan yozda Lodi Ispaniyaga ko‘chib o‘tganida, ko‘pchilik uning imkoniyatlarini past baholagan edi.

Hech kim uning Simionening talablariga javob berishini taxmin qilmagan edi, biroq Renan barchani hayratda qoldirdi.

Qahramonimiz bir mavsumda 46 millionga qimmatlab ketdi va Braziliya terma jamoasining asosiy himoyachisiga aylandi.

3. Fati +50 mln yevro

O‘tgan mavsumda sal bo‘lmasa “Barselona” o‘z marvaridini “Arsenal”ga qo‘yib yuborishi mumkin edi, lekin Fatining ota-onasi Londonga ko‘chib o‘tishni istamadi.

Ko‘p o‘tmay Dembele va Suaresda jarohat kuzatildi. Oqibatda, Fatiga imkon berildi u esa, darrov gol kiritib ishonchni oqladi.

E’tiborlisi shundaki, Fati bu mavsumda 50 million yevroga qimmatlab ketdi va klub bilan yangi shartnoma imzoladi. Endi u o‘z tenguqrlari ichidagi eng katta maosh oluvchi futbolchiga aylandi.

2. Alfonso Deyvis +50 mln yevro

 

Bu mavsum kashfiyoti deb nomlashga haqli futbolchi David Alabani qanotdan surib tashlashga muvaffaq bo‘ldi.

19 yoshli kanadalik yigitcha mavsumni shunchaki “bomba” tarzida o‘tkazdi va Bundesliganing eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

Bundan tashqari, u Bundesliga o‘yinalridan birida soatiga 36,6 km tezlikda yugurishga muvaffaq bo‘ldi. Bu mavsumdagi eng yaxshi ko‘rsatgich sifatida rasman tan olindi.

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan mavsumdan so‘ng, Alfonso bilan “Bavariya” shartnomani 2025-yilga qadar cho‘zdirishga qaror qildi.

1. Erling Xoland +67 mln yevro

Butun futbol olamida mavsum kashfiyotiga aylangan Xoland bu borada ham barchadan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Bir mavsumda 67 millionga (+1340%) qimmatlagan hujumchi mavsumni ikkita klubda o‘tkazdi. Qishga qadar “Red Bul Zalsburg”futbolchisi bo‘lgan bo‘lsa, qishdan so‘ng “Borussiya” a’zosiga aylandi. E’tiborlisi u ikkita jamoada ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va ishonch bilan gollar kiritishda davom etdi.

Bu mavsumda 40 ta o‘yinda maydonga tushga Erling 44 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qildi va “Real” nishoniga aylandi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:11, 07.08.2020.
O'qildi: 10872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.