Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Orif Tolipovdan anons: Tartib yoki go‘zallik?!

Orif Tolipovdan anons: Tartib yoki go‘zallik?!

Baho:
+ | -

“Atletiko”ga qarshi o‘ynash futbol dunyosidagi eng murakkab vazifalardan biri. Bu haqiqatdan ham juda yaxshi tashkillashtirilgan jamoa. Go‘yo natija-mashina. Agar olamda, barcha tomonlama mukammal bo‘libgina mag‘lub etish mumkin bo‘lgan bir klub bo‘lsa, bu – “Atletiko”. Ular hech kimga sovg‘a berishmaydi. Eng yaxshi o‘yinni ko‘rsatmadingmi – tamom. Senda ularga qarshi imkon yo‘q.

Ha, Yurgen Kloppning yuqoridagi so‘zlari chin. Germaniyalik mutaxassis buni o‘z tanisida his qilib ulgurdi. Simeoni jamoasi turnirning amaldagi chempionini 1/8 finalda dog‘da qoldirdi. Oldindagi o‘yinga “Atletiko” 18 uchrashuvli mag‘lubiyatsiz seriya bilan yetib kelyapti. Yaxshi eslayman, mavsum avvalidagi studiya ko‘rsatuvlarimizda klubning omadsizliklari vaqtincha ekani, baribir yakunda u o‘ziniki bo‘lgan o‘rinni qaytarib olishi haqida ayganmiz. Adashmadik. Madridliklar ikkinchi davrani, xossatan restardan keyingi davrni a’lo darajada o‘tkazib, Laligada 3-o‘rinni egalladi. So‘zsiz yaqin soatlar ichida boshlanadigan o‘yinda “Atletiko” favorit.

2009 yilda tashkil topgan “RB Leypsig” qanday tizimda rivojlanayotgani haqida ko‘p maqolalar yozildi, fikrlar aytildi. Zamonaviy futbolga rang beruvchi tizim sifatida taassurot qoldirmoqda “redbullchilar”. O‘yin borasida “Atletiko”ning ziddi. Hujumkor bir jamoa. Yakunlangan mavsumda klub 34 o‘yinda 81 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Bu avvalgi mavsumlar bilan solishtirganda ancha ijobiy (66, 57, 63). O‘tkazib yuborilgan gollar borasida ham holat yaxshilanmoqda. Bir so‘z bilan aytganda 2016 yil Bundesligada debyut qilgan “Leypsig” xatolarni kamaytirib, mukammalashib bormoqda. Bu yerdagi o‘yin va natijalarni Ralf Rangnik bilan bog‘lashadi. Rost. Yosh klubni elitaga olib chiqqan mutaxassis e’tiroflarga loyiq. Boshqa tomondan, u ketgach tasvirga zarar yetmadi. Jamoani qabul qilib olgan juda yosh murabbiy - Yulian Nagelsman (33 yosh) qurilayotgan bino arxitekturasini buzib yubormay, o‘z ishlanmalarini qo‘sha olayotgan muhandis, go‘yo.

Xo‘sh, bu ikki xil falsafa to‘qnashuvida kim g‘olib bo‘ladi?! Simeone-Nagelsman kurashini maydonda ko‘ramizmi?! Qaysi biri samaraliroq – tartib yoki go‘zallik?!

Javoblarni birga olamiz. Futbol TV va UzReport TV telekanallarida. Soat 23:55dan boshlab kuzating!

Orif Tolipov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:31, 13.08.2020.
O'qildi: 2539 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.