"Fenerbaxche" hujumchisi Vedat Murichi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda Football Italia nashri.
Manbaning xabariga ko‘ra, "Lasio" 26 yoshli kosovalik futbolchiga qiziqmoqda. Rimliklar futbolchiga yiliga 2 million yevro maosh bilan besh yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Murichi Turkiya chempionatida 25 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.