Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Anons: So‘nggi ispan

Anons: So‘nggi ispan

Baho:
+ | -1

Chempionlar ligasi yarimfinalining ma’lum bo‘lib ulgurgan uch ishtirokchisidan ikkisi Bundesliga vakili, har  uchchala jamoa – PSJ, “Bavariya” va “Leypsig” bosh murabbiylari germaniyalik – Tuxel, Flik va Nagelsman. Hamkasblarimiz jahon futbolida tarixning bir sahifasi yopilib boshqasi ochilayotgani haqida yozishmoqda. Menimcha gap “Messi-Ronaldu erasi” haqida emas, hatto. Futbolga yondoshuv, murabbiylar ko‘zqarashi haqida.

2008 yilda Ispaniya terma jaomasi Yevropa chempioni bo‘ldi. Luis Arogones murabbiyligidagi o‘sha tarkib jahonga o‘zgacha, yaqin davr ichida yakkahokim bo‘ladigan o‘yin uslubini taklif qilishni boshlab yuborgan edi. Yuqori vertikalda harakat qilishi mumkin bo‘lgan himoyachilar, qisqa uzatmalar orqali raqib mudofaasini chayqatib yuborish va intellekti o‘ta yuqori bo‘lgan yarim himoyachilar orqali (Inyesta, Xavi, Fabregas, Silva) markazdan oldinga istalgan vaqt portlatib yuboradigan uzatma amalga oshirish imkoniyati hamda shu uzatmani golga aylantira oladigan bitta sifatli hujumchi. O‘sha yillari “Barselona”ni boshqarayotgan Gvardiola bu yo‘nalishning muallifi edi asli. Faqat ilk mevani terma jamoa totib ko‘rgandek, go‘yo. “Tiki-taka” deysizmi yoki boshqa o‘zingizga yaqinroq nom bilan ataysizmi o‘yinni farqi yo‘q, anig‘i shundan iboratki – u bir dekada (10 yil) davomida jahon futbolida ob-havoni belgilab berib turdi. Millionlab insonlar shu geometrik go‘zal futbol uslubi sababli futbolga muxlislik qila boshladilar. Yirik sarmoyadorlar aynan ushbu model asosida o‘z klublarini qurishni istadilar. Hatto, natijadorlik pasayib ketganda ham bu go‘zallikdan ilhomlanib uning atrofida loyihalar qurilishi to‘xtamayapti. Agar aql va qalb o‘rtasida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak bu qaysi vektorga yaqinroq ekani no’malum bo‘lgan, huddiki ular orasidagi “oltin o‘rtalik”ni topgan uslub edi.

Kecha o‘sha “tiki-taka”ning eng katta bayroqdori yuztuban quladi. Nemis mashinasi deyishyapti-yu, kecha men ko‘rganim ko‘proq mashinani emas qiruvchi uchoqni eslatib yubordi. Mashina baribir yer yuzasida o‘zi uchun mo‘ljallangan yo‘l qoplamasi uzra harakatlanadi. 50 km/soat tezlikda yursa ham, 250 km/soat tezlikda ham. Ammo, qiruvchi uchun kenglik borasida chegara yo‘q. Deyarli yo‘q. “Bavariya” ko‘rsatgan o‘yin ko‘proq aql vektoriga yaqin bo‘lgan o‘yin, menimcha. Hatto, ko‘proq sun’iy ong tomonidan avtomatlashtirilgan ketma-ketlik.

To‘g‘ri, “Barselona” birinchi turdagi o‘yin uslubining ilk va yirik bayrodori (edi). Ammo, bu bayroqni chizib bergan rassom bugun boshqa ustaxonada ijod qilyapti. Va aytish mumkinki bu rassom bugun o‘zi asos solgan uslubning umriga javobga bo‘lib turibdi. Yerdan turib, aql va yurak uyg‘unligidagi bilan osmonda uchib yurgan qizil qiruvchini urib tushirishning imkoni bormi?! So‘nggi ispan nemis uchligiga qarshi turib beroladimi?!

Agar, Pep Gvardiolaning “Manchester Siti”si bugun “Lion”dan o‘tib olsa bunga javob olamiz. Lekin, o‘sha “agar” so‘zi bor hali orada. Juda qisqa – 4 harfdan iborat bir so‘z. Aslida har bir harfni alohida bitta zarba bilan sindirib yuborishi mumkin “shaharliqlar”. Qani ko‘raylikchi!

UzReport TV. Soat 23:50 boshlab. Sharhda Hasan Turdialiyev.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 18:12, 15.08.2020.
O'qildi: 5566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.