Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Sulsher «Sevilya»ga qarshi o‘yin rejasini oshkor qildi

Sulsher «Sevilya»ga qarshi o‘yin rejasini oshkor qildi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Yevropa ligasining yarim final bosqichidan o‘rin olgan "Sevilya"ga qarshi uchrashuvda qanday reja asosida o‘ynamoqchi ekanini aytib o‘tdi.

"Har qanday uchrashuvda omadli debyut muhim ahamiyatga ega. Agar yomon boshlasang, birinchi to‘pni o‘zingga bo‘ysundira olmasang, podkatni muvaffaqiyatsiz tashlasang, keyin yaxshigina ter to‘kishga to‘g‘ri keladi.

Bizning rejamiz shunday: "Sevilya"ga nisbatan ko‘proq gol urish! Eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etishimiz, raqibning pressingidan chiqib ketishni bilishimiz, aql bilan o‘ynashimiz, muhim pallalarda ijodkor va ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak.

Bunday to‘qnashuvda o‘yin taqdirini birgina jarima zarbasi yoki individual mahorat hal qilishi mumkin", — dedi norvegiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Sevilya" - "Manchester Yunayted" o‘yini 16 avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 00:15, 16.08.2020.
O'qildi: 5509 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик