Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Ro‘ziqul Berdiyev: «3:0 hisobida yutdik, ammo xatolar juda ko‘p»

Ro‘ziqul Berdiyev: «3:0 hisobida yutdik, ammo xatolar juda ko‘p»

Baho:
+2 | -

«Nasaf» — «So‘g‘diyona» uchrashuvidan keyin qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

— Bugun uch ochkoni qo‘lga kiritdik. 3:0 hisobida g‘alaba qozonganimni ko‘rib xatolar bo‘lmagan deb o‘ylash mumkin. Ammo xatolar ko‘p bo‘ldi. O‘yinni yaxshi boshladik, vaziyatlar ham yaratdik. 2:0 hisobida oldinga o‘tib olgach, to‘p nazoratini yo‘qotdik. Lekin oxirida raqib ko‘proq hujumga e’tibor qaratgani tufayli uchinchi golni urishga erishdik.

— «Dinamo»ga ijaraga berilgan legioner Faysal Traore «Nasaf»ga qaytarildi. Kecha u U-21 jamoasida to‘liq harakat qildi. Uni qachon asosiy tarkibda ko‘rishimiz mumkin?
— Uni tayyorlab borayapmiz. Kecha U-21 jamoasida yomon o‘ynagani yo‘q. Hali yosh futbolchi, universal o‘ngda ham, chapda ham o‘ynay oladi, chap qanot himoyada ham harakat qila oladi. Undan keyingi o‘yinlarda foydalanishga harakat qilamiz.

— Avgust oyida Superliga klublarini o‘ziga xos «boksing dey» kutib turibdi. «Nasaf» har 3 kunda o‘yin o‘tkazishga tayyormi?
— Bugungi o‘yin ko‘rsatdiki, ikkala jamoada ham kamchiliklar bor. Chunki o‘yin tempi juda ham past bo‘ldi. Bu xuddi kichik bir turnirdek gap, maksimal darjada ochko to‘plashga harakat qilamiz.

— Klublarning Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tishi va OCHLga lisenziya olishdagi muammo haqida eshitdingizmi? Bunga munosabatingiz qanday?
— O‘yindan tashqari savol ekan. To‘g‘risi bu savolga javobim yo‘q.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:02, 17.08.2020.
O'qildi: 2778 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.