Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

«Andijon» klubi jiddiy ogohlantirilgan holda «Paxtakor» bilan o‘yinga qo‘yiladi

«Andijon» klubi jiddiy ogohlantirilgan holda «Paxtakor» bilan o‘yinga qo‘yiladi

Baho:
+ | -

Kecha — 26 avgust kuni soat 13:53 da “Andijon” futbol klubi o‘zining U-21 jamoasi “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvga moliyaviy qiyinchiliklar sabab yetib kela olmasligini ma’lum qildi. O‘zPFL mazkur xatga asosan o‘rinbosarlar uchrashuvini bekor qilib, “Andijon” U-21 jamoasiga texnik mag‘lubiyat yozdi. 

Bugun — 27 avgust kuni soat 10:47 da “Andijon” futbol klubi o‘zining asosiy tarkibi ham “Paxtakor” bilan uchrashuvga yuqoridagi sabab tufayli kela olmasligini ma’lum qildi. Rasmda keltirilgan xat asosida O‘zPFL uchrashuvni bekor qildi. Bu xabar “Paxtakor” futbol klubiga, uchrashuv xavfsizligi uchun javobgar bo‘lgan Ichki ishlar organlariga, “Lokomotiv” stadioni ma’muriyatiga, uchrashuv translyasiyasi uchun javobgar bo‘lgan “Sport” telekanaliga ma’lumot uchun taqdim etildi. 

“Andijon” klubining birinchi xatidan 1 soat-u 20 daqiqa o‘tib, klub uchrashuvda ishtirok etmoqchi ekani borasida xat yo‘lladi. Har ikki xat vise-prezident Ma’ruf Abdusalomov tomonidan imzolangan.

O‘zPFL har qanday holatda ham futbol uchrashuvlarini o‘tkazish uchun harakat qiladi. Shundan kelib chiqib, bekor qilingan barcha tadbirlar qayta tiklanadi va umid qilinadiki, “Andijon” klubining bu kabi mas’uliyatsizligi qayta takrorlanmaydi. O‘zPFL Ma’ruf Abdusalomovdan o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshishni, shuningdek, klub ustavida qayd etilmagan vise-prezident lavozimi bilan emas, aynan ustavda mavjud lavozim bilan xatlarga imzo chekishni so‘raydi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 15:34, 27.08.2020.
O'qildi: 4135 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.