Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

"Andijon"da ta’sischi o‘zgardi: jamoa superligadagi ishtirokini davom ettiradi

"Andijon"da ta’sischi o‘zgardi: jamoa superligadagi ishtirokini davom ettiradi

Baho:
+ | -

Bugun Andijon shahridagi "Sog‘lom Avlod" stadionida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari O‘tkirbek Shukurov, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi rahbari, viloyat futbol assosiasiyasi vakillari, "Andijon" futbol klubi rahbariyati va jamoa futbolchilari ishtirok etdi.

"So‘nggi paytlarda jamoamizda moliyaviy qiyinchiliklar boshdan o‘tkazildi. Jamoaning" Paxtakor" klubiga qarshi o‘yinga qanday qilib yetib borgani hech kimga sir emas. Xudo shukur, qiyin kunlar ortda qoldi. Mana Andijon o‘g‘loni, futbolning ashaddiy muxlisi hisoblangan Jur’atbek Quvvatov jamoani qo‘lga olmoqda. Biz bu inson uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz. Hozircha ishlarni yo‘lga qo‘yib olgunga qadar natija talab qilmaymiz. Jur’atbek ham jamoani asta-sekinlik bilan mahalliylashtirish, viloyatdagi yosh futbolchilarga imkoniyat berish g‘oyasini o‘rtaga tashladi. Unutmanglar, Andijonda futbol o‘lmaydi, doim futbol bo‘ladi. Uzoq yillik tarixga ega bo‘lgan jamoa saqlanib qoladi", - dedi O‘tkirbek Ilhomovich.

So‘ngra, so‘zga "Andijon" futbol klubining yangi ta’sischisi chiqdi. "Avvalambor bildirilgan ishonch uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Natijani albatta qo‘lga kiritamiz, buni uchun biroz vaqt kerak. Lekin izlanishdan to‘xtamaymiz. Yaqin orada albatta natijani ham qo‘lga kiritamiz", — dedi Jur’atbek Quvvatov.

Klub bosh direktori Ma’rufjon Abdusalomovga so‘zga chiqib "Bizni doim qo‘llab-quvvatlab turgan viloyat hokimligiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Haqiqatdan ham so‘nggi kunlarda qiyin kunlarni boshdan kechirdik. Tan olish kerak, jonimizga Jur’atbek Quvvatov oro kirib, jamoamizni qabul qilib oldi. Uch yarim milliondan ziyod aholimiz bor, jamoaning esa 30-40 ming muxlisi bor. Mana shu stadion to‘lib-toshadigan jamoa barpo etilishini tilab qolaman. Futbol o‘yinlari kunlarini halqimiz katta bayram sifatida qabul qiladigan jamoa bo‘lishini istayman", — dedi Abdusalomov.

Shu tariqa, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning taklifiga asosan, "Andijon" futbol klubida ta’sischi o‘zgardi va klub "Makro Farm Andijon" korxonasi ta’sischisi Jur’atbek Quvvatov klub ta’sischisiga aylandi.

Manba: https://t.me/fcandijan
Kiritildi: 18:07, 29.08.2020.
O'qildi: 3877 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.