Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Messi uchun “porloq yo‘l sovxozi”. Aqlli hujayralar birlashadimi?

Messi uchun “porloq yo‘l sovxozi”. Aqlli hujayralar birlashadimi?

Baho:
+ | -

Bugungi futbolning eng shov-shuvli mavzusi, shak-shubhasiz, Lionel Messining “Barselona”dan ketishga qaror qilgani. To‘g‘ri, Leo rahbariyatdan norozi bo‘lgan paytlari avval ham “ketaman”ga tushib qolgan, ammo bugungi vaziyat juda jiddiy.

PICHOQ SUYAKKA QADALDI

Messi juda ko‘p holatlarda rahbariyatdan hafsalasi pir bo‘lgan, aftidan, Bartomeuning qarorlari Messining ishonchini so‘ndirgan. Ernesto Valverde bilan o‘tgan omadsiz mavsumdan so‘ng unchalik mashhur bo‘lmagan va maqtashga arzigulik natijaga erishmagan Kike Setyenning olib kelinishi ham Messining futbolchi uchun ahmoqonoa qaror edi, aslida. Ammo Leo kutdi. Vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarar deb o‘yladi. Biroq rahbariyatning Neymar borasidagi hafsalasizligi, futbolchilar xarid qilishdagi beqarorlik va bularning samarasi o‘laroq “Bavariya”dan uchralgan sharmandali mag‘lubiyat klubdagi muhit juda og‘ir ahvolda ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. Aksiga olib, Ronald Kuman ham Messi bilan gaplashganida hech bir futbolchi jamoadan ustun tura olmasligini ta’kidladi. Messi tushundiki, “Barselona” yana o‘zi xohlaganidek jamoaga aylanishi dargumon. Eng kutilmagani, Ronald Kumanning Suares bilan xayrlashishga qaror qilgani bo‘ldi (xorij OAVga ko‘ra, Kuman bu borada urugvaylik hujumchi bilan bafurja gaplashib oladi). Tasavvur qiling, jamoaning hujum chizig‘ida yetarlicha muammo yuzaga kelgan bir paytda murabbiy asosiy hujumchilardan birini keraksiz, deb tursa... Bu qarordan keyin Messi Kumanning aqli joyida ekanligiga ham shubha qilib qolgan bo‘lsa, ne ajab...

TO‘LIQ YANGILANISH

Kuman jamoani to‘liq yangilamoqchi. Poydevorigacha. Tabiiyki, Messi tarkibda bo‘lgan paytda klubni to‘liq yangilash Kumanga qiyinchilik tug‘diradi, chunki Leo bosh murabbiyga o‘z noroziligini bemalol ayta oladigan darajaga chiqib bo‘lgan. Ehtimol, Kuman to‘liq mustaqillikka erishish uchun Messidan voz kechishga qaror qilgandir. Ehtimol, shuning uchun “ichidagilarni murabbiyga top tortmay aytadigan” Suaresni keraksiz deb hisoblagandir. Shuning uchun ham bosh murabbiyga e’tiroz bildira oladigan darajaga chiqmagan va Kuman nima desa, jon deb bajaradigan Bretueytning Kataloniyada qolishi kafolatlangandir. Hatto Bretueyt Messining raqamiga “ko‘z olaytira” boshlagani haqida ham xabarlarni o‘qidik.

Messisiz “Barselona” tamom bo‘ladimi? Yo‘q, albatta. Messi ham oddiy odam, ya’ni yana kimdir uning o‘rnini bosishi mumkin. Yoki “Barselona” bir-ikki yetakchiga emas, jamoaviy o‘yinga asoslangan klubga aylanar. Ammo buning uchun kamida ikki-uch yil vaqt kerak bo‘ladi. Kuman juda og‘ir, lekin kerakli yo‘lni tanladi — jamoada avlodlar almashinuvi yuz beradi endi. Faqat klubdan ketayotgan futbolchilarning o‘rniga munosib nomzodlar topilishi kerak. Masalan, “Barselona” Suaresning o‘rniga Immobileni olib kelmoqchi ekanligi haqida xabar tarqaldi. Bu to‘g‘ri qaror emas, chunki Chiro ham yoshi o‘tib borayotgan hujumchi. Marhamat, maqsad jamoani yoshartirishmi, yoshroq iqtidorlarni izlab topish kerak. Lekin shunisi aniqki, Messisiz “Barselona”ga juda qiyin bo‘ladi.

AZALIY SAVOLNING JAVOBI

Muxlislar o‘rtasida aylanayotgan “Messi boshqa jamoada o‘ynay oladimi?” degan savol yechimini topadi, shekilli. Fikrimcha, Leo “Manchester Siti”da “portlaydi”. Sababi, unga “Barselona”da yetishmayotgan figura Manchesterda bor. Bu Pep Gvardiola. Bir paytlar Zlatanning o‘rniga Messini tanlagan Gvardiola argentinalik futbolchining karyerasida muhim o‘rin tutadi. Messining miyasida aylanayotgan g‘oyalar, taktikalarning yarmi Gvardiolaning miyasida in qurgan. Agar bu g‘oyalar birlashsa, u yog‘ini tasavvur qilavering.

O‘z navbatida Gvardiola “Barselona”dan ketganidan keyin “qurolini yo‘qotgan ovchi”ga o‘xshab qoldi. “Bavariya”da ham, “Manchester Siti”da ham unga fikrlarini to‘liq anglab, amalga oshiradigan futbolchi yetishmadi. Shu bois ham YECHL g‘olibi bo‘lish bo‘yicha ustasi farangga aylangan Pep “Barselona”dan keyin ushbu sovringa yaqinlasha olmayapti ham. Messining kelishi esa Gvardiolaning miyasida mudrab qolgan hujayralarni-da g‘imirlatib yuboradi. Messi o‘zi istaganidek yangi jamoasida yana “Oltin to‘p” sohibi bo‘lishi mumkin. Qolaversa, APL yanada qiziydi. Ehtimol, Messi o‘tsa, “shaharliklar” mutlaq gegemonga aylanadi, deb o‘ylayotgandirsiz. Yo‘q, aslo. Shunchaki raqobat yanada kuchayadi, ammo APL birgina futbolchi, hatto u Messi bo‘lganda ham raqobatni o‘ldirib yuboradigan chempionat emas. Agar Messi PSJga o‘tganida bemalol Fransiya chempionatida raqobat butunlay o‘ldi, deyish mumkin bo‘lar (yoki “Yuventus”ga o‘tsa, A Seriyada), biroq APL umuman boshqa daraja.

Messi ayni damda to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda. “Barselona”ni tark etish va “shaharliklar” safiga o‘tish — eng maqbul yo‘ldek ko‘rinmoqda. “Manchester Siti” Messi uchun “porloq yo‘l sovxozi”ga aylanadimi? Transfer hal bo‘lsin, hammasini ko‘ramiz...

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:55, 31.08.2020.
O'qildi: 10681 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.