Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Yozgi transfer. Kim qancha o‘zgarish amalga oshirdi?

Yozgi transfer. Kim qancha o‘zgarish amalga oshirdi?

Baho:
+ | -

31 avgust kuni bizda yozgi transfer rasman o‘z yakuniga yetdi. Avvalgi yillar bilan solishtirganda futbolchilarning boshqa klublarga ko‘chib o‘tishi statistikasi ancha kamaydi. Nega?

O‘zPFL mazkur transfer oynasida klublarga jiddiy talab qo‘ydi. Ya’ni, qarzdorligi mavjud klublarga transfer oynasida erkin harakatlanish imkoniyati berilmadi. Natijada bir qator klublar boshqa klublar oldidagi majburiyatlarini bajardi. 

Yaqin kelajakda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarning yangi klublar bilan shartnoma tuzishi natijasida uni tarbiya qilgan klublar oladigan daromadlar, shuningdek, istalgan yoshdagi futbolchining transferidan uni tarbiya qilgan klublarga kelib tushadigan kompensasiyalar masalasi O‘zbekiston futbolida tartibga kela boshlaydi. Pirovardida istalgan yangi futbolchi bilan shartnoma tuzishdan ko‘ra, o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchisiga tayanishi ham arzonroq, ham foydaliroq ekani tushuniladi. Qarzdorligi mavjud bo‘lmagan klublar esa istalgan futbolchi bilan shartnoma tuzish imkoniyatiga ega. 

10 avgust kuni transfer oynasi ochilgan vaqtda faqatgina “Paxtakor” va AGMK jamoalarida qarzdorlik mavjud emasdi. Mazkur klublar transfer oynasida faol bo‘lmadi. “Qizilqum” va “Navbahor” jamoalari esa O‘zPFL qistovi bilan bir qator qarzdorliklarni bartaraf qildi. Shundan keyingina ularga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun imkon berildi. 

Qo‘shimchasiga “Buxoro” futbol klubiga fors-major holati sabab ko‘maklashildi. Sir emaski, klubning 4 nafar legioner futbolchisi pandemiya sabab O‘zbekistonga qayta olmadi. O‘zPFL mazkur futbolchilar o‘rniga yangilar bilan shartnoma tuzish imkoniyatini yaratdi. 

Shuningdek, ijarada qaytayotgan futbolchilar, xorijdan kelayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar, klubning o‘z futbol maktabidan yetishib chiqayotgan futbolchilar, futbolchi bo‘lmagan boshqa personallar istalgan vaqtda ro‘yxatdan o‘tkazib berildi. Quyida qaysi klub qancha yangi futbolchini yozgi transferda o‘z safiga qo‘shib olganini ko‘rish mumkin.    

10 — Qizilqum
4 — Buxoro
4 — Lokomotiv 
3 — Mash’al
3 — Metallurg
3 — Surxon 
2 — Navbahor 
1 — Bunyodkor 
1 — AGMK
0 — Paxtakor
0 — Qo‘qon-1912
0 — So‘g‘diyona 
0 — Andijon 
0 — Nasaf 

O‘zPFL qarzdorliklar va akademiyalar masalasida qat’iy pozisiyaga ega. Tashkilot  bu boradagi savollar uchun barchaga birdek ochiqdir.

Kiritildi: 17:07, 03.09.2020.
O'qildi: 5553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик