Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Darmian nishonda

Milanning “Inter” klubi “Parma” himoyachisi Matteo Darmian bilan shartnoma imzolash niyatida.

LGDSnashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, 30 yoshli fulbek uchun “Inter” 2,5 million yevro taklif qilmoqchi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Darmian allaqachon “ko‘k-qoralar” bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

De Paul “Lids”ga o‘tadimi?

“Udineze” klubi yarim himoyachisi – Rodrigo De Paul faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

“Calciomercato” nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi bilan “Lids” jiddiy qiziqib qolgan.

Manbaning ma’lum qilishich, futbolchining o‘zi boshqa klubga o‘tishga qarshi emas, ammo “Udineze” hech bo‘lmaganda uni yana bir mavsum o‘z safida olib qolmoqchi.

Kandreva klubsiz qoldimi?

Milanning “Inter” klubi futbolchisi Andrea Kandreva faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi aniq.

LGDSnashrining ma’lum qilishicha, futbolchi allaqachon o‘zi uchun klub izlashga tushib ketgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, Kandreva bilan “Fiorentina” va “Sampdoria” jamoalaridan qiziqish mavjud.

Romero “Valensiya”da?!

Angliyaning “Manchester Yunayted” darvozaboni Serxio Romero faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

“Goal.com” nashrining ma’lum qilishicha, Romero “Valensiya” jamoasi nishonida turibdi. Kipperning o‘zi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Manchesterni tark etish niyatida.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Valensiya” argentinalik darvozabon uchun 6 million yevro sarf etish niyatidan.

Mourinyo davom etmoqda

Angliyaning “Tottenhem” jamoasi “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Jessi Lingard bilan shartnoma imzolash niyatidan.

“Goal.com” nashrining ma’lum qilishicha, ingliz futbolchisini shaxsan Joze Mourinoning o‘zi klubda ko‘rishni istamoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, “shporlar” “qizil iblislar”ga Lingard uchun 30 million funt taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:32, 20.09.2020.
O'qildi: 6996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.