Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Vadim Abramov Jaloliddinov, moliyaviy muammo va hujumchi tanqisligi haqida gapirdi

Vadim Abramov Jaloliddinov, moliyaviy muammo va hujumchi tanqisligi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Superliganing 16-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - AGMK (2:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirdi.

Mag‘lub bo‘lganimizga o‘zimiz aybdormiz. Mag‘lubiyatdan so‘ng fikr bildirish ham og‘ir. O‘zi bu mavsum tushunarsiz vaziyatlarda ko‘p ochko yo‘qotdik. Bu futbol. Bugun vaziyat shunday bo‘ldi va mag‘lub bo‘ldik.

– AGMK oxirgi o‘yinlarda asosan so‘nggi 20 daqiqada gol urib, g‘alaba qozonib kelayotgandi.  Raqibning bu jihati o‘rganilmaganmidi? Futbolchilar durangga ham rozidek o‘ynashdi.

– Raqibga ikkita gol sovg‘a qildik. Qolaversa, AGMK zaxira o‘rindig‘i uzun, zaxiradan tushayotgan tajribali futbolchilar bunday xatolarni kechirishmaydi. Tashabbusga ega bo‘ldik, ammo o‘zimizga o‘zimiz qiyinchilik tug‘dirib hisobda ortda qolaverdik. Qaytaraman, AGMKda zaxiradan tushganlar o‘yinni kuchaytirishdi.

– Jamoaning himoya va hujum chizig‘adagi harakatlarini tushuna olmadim. Klubning ichki muhiti qanday?

– To‘g‘ri aytdingiz. Bizda ichki muammolar ko‘p.  O‘tgan yildan buyon muammolar bor, haligacha bu narsa hal bo‘lgani yo‘q. Bu haqida gapirish qiyin.

– Rossiya matbuotida Jasur Jaloliddinov "Bunyodkor"ga qaytishi haqida yozishmoqda. Bizda transfer oynasi yopilgan. Bu qanday amalga oshadi? U qaytadimi?

Biz uni ro‘yxatdan o‘tkaza olamiz. Reglamentga ko‘ra xorijdagi o‘zbekistonlik futbolchisi yurtimizga qaytsa, istalgan paytda ro‘yxatdan o‘tkaza olamiz.  Uni ro‘yxatdan o‘tkazamiz va o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi. Jaloliddinov "Lokomotiv"ga ketishidan agar u yerda o‘ynay olmasa, bu yerga qaytib o‘ynashi haqida gaplashib olgandik.

– Hujum chizig‘ida Erkinovdan boshqa variant yo‘qmi?

– Agar bo‘lganida maydonga tushirardik. Agar jamoada barcha yosh futbolchilar bo‘lsa qiyin, tajribali o‘yinchilar ham bo‘lishi kerak. Agar akademiyamizda yaxshi hujumchi bo‘lganida uni asosiy tarkibga kiritardim. Harakat qilgan futbolchilarni asosiy jamoaga taklif qilamiz.

–  Bahodir Pardayev ikkita o‘yindan buyon qaydnomada ham ko‘rmayapmiz?

– Futbolda kuchilar o‘ynaydi. Pardayev ayni paytda raqobatda yutqazmoqda.

– Nima uchun Anvar G‘ofurov maydonga tushmadi?

–  Uning yoshi ancha katta. Bugungi taktikamizda G‘ofurovni o‘ynatish noto‘g‘ri bo‘lardi.

– "Bunyodkor" uchun Superliga muhimmi yoki O‘zbekiston Kubogimi?

– Biz har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Maqsadimiz Superligada chempion bo‘lish va Kubokni qo‘lga kiritish. O‘ylashimcha 14ta klubning barchasi o‘z oldiga shunday vazifa qo‘yadi, lekin yakunda bitta klub chempion bo‘ladi.

– Eshitishimizga qaraganda jamoa moliyaviy muammolar sabab jamoa hatto o‘tgan turda "Masha’l"ga qarshi o‘yinga borishni ham istamagan ekan. Bunday vaziyatda futbolchilarni qanday ruhlantirayapsiz?

– Ha shunday vaziyat bo‘lgandi. Odamlarga tushuntirib bo‘lmaydigan narsalarni tushuntiryapman. Ruhlantirish uchun so‘zlarim ham qolmayapti. Bu faqat menga kerak emasku. Yashayversak ko‘raveramiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:10, 22.09.2020.
O'qildi: 4478 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик