Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

OCHL. «Al-Hilol» «Shabab Al Ahli»ga qarshi o‘yinni 9 futbolchi bilan boshlaydi. Zaxirada esa faqat 2 darvozabon qoldi

OCHL. «Al-Hilol» «Shabab Al Ahli»ga qarshi o‘yinni 9 futbolchi bilan boshlaydi. Zaxirada esa faqat 2 darvozabon qoldi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasi 6-turidan oldin qiyin holatda qoldi.

Jamoa guruh bosqichining so‘nggi turidan o‘rin olgan «Shabob al-Ahli»ga qarshi o‘yin uchun 11 nafar o‘yinga layoqatli futbolchi bilan yetib keldi. Ularning uch nafari darvozabon hisoblanadi. Shu tariqa «Al-Hilol» 6-tur doirasidagi bahsni 9 nafar futbolchi bilan boshlaydi. Ikki darvozabon esa zaxirada qoladi.

«Al-Hilol» Qatarda markazlashgan tizimda o‘tayotgan musobaqaning avvalidanoq muammolarga duch kelgandi. Avvaliga jamoaning 3-4 nafar o‘yinchisi koronavirus sabab bahslarda ishtirok eta olmadi. Kun sayin jamoadagi kasallanganlar soni ortib bordi.

Ma’lumot uchun, OFK ishlab chiqqan reglamentga ko‘ra, jamoalardan biri koronavirus sabab o‘yinda ishtirok eta olmasa, o‘sha jamoa musobaqadan chetlatiladi. Shu sabab, «Al-Hilol» pley-off masalasini hal qilib qo‘ygan bo‘lsa-da, so‘nggi tur o‘yinida maydonga tushishga majbur.

Kiritildi: 22:57, 23.09.2020.
O'qildi: 5072 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик