Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+1 | -1

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

PSJ ishga kirishdi

Parij super klubi transfer oynasi yopilishidan avvalroq 3 ta transferni amalga oshirishni niyat qilgan.

"L'equipe” nashrining ma’lum qilishicha, jamoa nishonida «Everton» hujumchisi Moyze Kin, «Inter»dan Joa Mariu va «Portu» a’zosi Danilo Pereyra turibdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu transferlar borasida klub rasmiylar jiddiy ish olib bormoqda.

«RB Leypsig» kutilmagan yurish

Germaniyaning «RB Leypsig» jamoasi «Roma» vingeri Jastin Klyuvert bilan jiddiy qiziqib qoldi.

«Sky Italia» nashrining ma’lum qilishicha, 21 yoshli futbolchi bilan «buqalar» shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, gollandiyalik futbolchini nemis klubi bir mavsumga ijaraga olishni niyat qilmoqda.

Avvalroq vinger bilan Londonning “Arsenal” jamoasi qiziqib qolgani haqida xabar bergan edik.

«Renn» jiddiy kirishdi

Fransiyaning «Renn» klubi Belgiyaning “Anderlext” jamoasi hujumchisi Jeremi Doku bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

«Goal nashrining ma’lum qilishicha, 18 yoshli hujumchi uchun «Renn» 27 million yevro taklif qilmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, belgiyaliklar o‘z hujumchisini 27 million yevro evaziga sotishga tayyor, endi shaxsiy shartnoma borasida muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.

Kondogbia APLda?!

Ispaniyaning «Valensiya» klubi yarim himoyachisi Joffre Kondogbia bilan APL klublari jiddiy qiziqib qoldi.

“Marca” nashrining ma’lum qilishicha, «Lester», “Aston Villa”, «Lids» va boshqa ingliz klublari tayanch yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolash maqsadida.

Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu klublardan biri allaqachon Kondogbia uchun 25 million yevro taklif qilishga ham ulgurgan.

Bakayoko «Napoli»da

Londonning «Chelsi» klubi yarim himoyachisi «Napoli» jamoasi nishonida turibdi.

“II Corriera Della Sport” nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi allaqachon shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan va klub bazasida tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Napoli» Bakayokoning bir mavsum ijaraga olishi uchun «Chelsi»ga 2 million yevro to‘laydi. Futbolchi uchun esa, 3,5 million yevro yillik maosh to‘laydi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:13, 04.10.2020.
O'qildi: 9093 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик