Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar (74-qism)

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar (74-qism)

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi tarixiy suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

1990 yil. Jahon Chempionati start olmoqda.

1928 yil. «Lester» muxlislari milliy birinchilik uchrashuvini tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurmoqda.

«Milan» tarkibiga e’tibor qarating! Birhoff kaltak yeganiga qaramay, «A seriya» uchrashuvini o‘tkazib yuborishni istamayapti. O‘sha davrlarda, ushbu chempionatni «kichik mundial» deb atashar edi.

Denis Berkamp Argentinalik muxlislarning tushiga 10 yil davomida kirgan «mo‘’jiza» golni kiritmoqda.

Peru poytaxtni Lima shahridagi mo‘’jazgina arenada quyi liga vakillari to‘p surgan.

1997 yil. Anri Fransiya (U 20) jamoasi maydonga sardor sifatida boshlab tushmoqda.

Deyarli yarim asr ilgari olamdan o‘tgan «Real» afsonasi Santiyago Bernabeu! Uning nomini abadiylashtirish uchun klub o‘z stadioniga Bernabeuning nomini bergan.

Ronaldu tushgan suratlar orasidagi eng «bachkanasi» shu bo‘lsa kerak.

90 yillarda «Barselona»ning yuzi sanalgan yigitlar: Figu, Ferrer, De La Penya va Luis Enrike!

«Bordo»ning yosh futbolchisi Zayniddin Zidan «Milan» afsonalari qurshovida o‘zini yo‘qotib qo‘ymayapti.

Maradona va Chilavert hech qachon  bir klub safida to‘p surmagan, ammo ularning do‘stligiga havas qilish mumkin.

Afsonaviy turk murabbiyi Senol Gunesh «Trabzonspor» darvozaboni bo‘lganidan xabaringiz bormi?

1982 yil. Roy Xodjson «Bristal Rovers» bilan shartnoma imzoladi. Uning kayfiyati chog‘ ekanligi shundoqqina ko‘rinib turibdi.

1988 yil. Afsonaviy murabbiy Labanovkiyning jamoasini Yevropa chempionati finalida to‘xtatib qolgan Gollandiya termasi yetakchilari. Gullit va Van Basten.

1996 yil. «Milan» Gollandiya futbolining yorqin yulduzlarini bir jamoada yig‘ish uchun pul sarflashni boshlab yuboradi.

Ota va uning ikki xil «o‘g‘li». Biri otasining oldida abadiy qoldi, ikkinchisi esa baxtini umuman boshqa «o‘lkalardan» izlashni Afzal ko‘rdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:09, 04.10.2020.
O'qildi: 4208 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.