Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

«MYU» nima sababdan Jeydon Sancho transferidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi

«MYU» nima sababdan Jeydon Sancho transferidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» nima sababdan «Borussiya D» yarim himoyachisi Jeydon Sanchoni sotib olishdan bosh tortgani ma’lum bo‘ldi.

The Guardian xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» angliyalik futbolchi uchun umumiy xarajatlarni, taxminan, 250 million yevroga baholagan. Ushbu mablag‘ ichida «Borussiya»ga to‘lanishi kerak bo‘lgan summadan tashqari, agentlar ulushi va futbolchining maoshi ham bor.

Manchesterdagilar esa koronavirus pandemiyasi oqibatida kelib chiqqan iqtisodiy inqiroz sharoitida bunday pulni to‘lash noo‘rin deb hisoblagan.

Qayd etish joiz, Sanchoning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi to‘g‘risidagi gap-so‘zlar butun yoz davomida tinmadi. Hatto uning «qizil iblislar» bilan shaxsiy kelishuvga erishgani ham xabar qilindi. Biroq yakunda Jeydon «Borussiya»da qoldi. Uning «arilar» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo‘ljallangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:13, 07.10.2020.
O'qildi: 5421 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик