Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-1 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 0-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Messi qishda «Siti» a’zosiga aylanishi mumkin

Messi qishda «Siti» a’zosiga aylanishi mumkin

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Messi APLda?!

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi hujumchisi Leonel Messi faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirishi mumkin.

«Tribalfootball» nashrining ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi moliyaviy muammolar sababli o‘z futbolchilarning maoshini keskin kamaytirish haqida bosh qotirmoqda. Bu qaror esa, argentinalik futbolchiga manzur kelmagan. Agar bu ish amalga oshsa, Mahalliy hokimiyat futbolchilarga shartnomani kelishgan holda bekor qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Messi ushbu vaziyatdan unumli foydalanish haqida bosh qotirmoqda. «Shaharliklar» esa, allaqachon uning otasi bilan aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.

King nishonda!

«Bormunt» jamoasi hujumchisi Joshua King faoliyatini APL klublaridan birida davom ettirishi mumkin.

«The Sun» nashrining ma’lum qilishicha, «Vest Hem» va «Vest Bromvich» klublari hujumchi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Manbaning ma’lum bo‘lishicha, «olchalar» o‘z hujumchisini 10 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas.

«Yuve» va «Barsa» seriali davom etadi

Turinning «Yuventus» va Kataloniyaning «Barselona» jamoasi futbolchi almashtirishni amalga oshirishi mumkin.

«Tuttosport» nashrining ma’lum qilishicha, «Yuventus» Usman Dembeleni qo‘lga kiritish uchun Federiko Bernardeskini taklif qilmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu transfer borasida ikki klub allaqachon muzokaralarga olib bormoqda.

«Inter» Naingollanni nega olib qolmadi?

Milanning «Inter» klubi Raja Nainggolan borasida yakuniy qarorga keldi.

«Le Gazzeta Dela Sport» nashrining ma’lum qilishicha, ijara asosida «Kalyari sharafini himoya qilayotgan belgiyalik futbolchini "Inter" 5 million yevro evaziga sotishdan bosh tortgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, jamoa Raja uchun 10 million yevro talab qilgan, «Kalyari» Nainngolan bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishganiga qaramay, uni o‘z tarkibida olib qolishni uddalay olmadi.

Depay amalga oshmagan transferga izoh berdi

Fransiyaning «Lion» klubi hujumchisi Memfis Depay «Barselona» bilan tuzilmay qolgan shartnomasi haqida fikr bildirdi.

«Nima ham derdim?! Hayot davom etmoqda. Barcha narsaning o‘z sabablari mavjud. Men qanchalar »Barselona"ga o‘tishga yaqin bo‘lganim haqida so‘zlamoqchi emasman.

Hozir bor e’tiborimni «Lion» klubi safidagi o‘yinlarimga qaratganman. Agar o‘z darajamda to‘p surishda davom etsam, «Barsa» menga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotmaydi.«,- deb futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "Voetoball" nashri.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniya klubi Dembeleni sotishni uddalay olmadi va Depayning transferi uchun 40 million yevroni topa olmadi. Shu omil sababli, Memfis yangi mavsumni «taqachilar» safida o‘tkazadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:42, 08.10.2020.
O'qildi: 14795 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик