Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Shomurodov va Alijonov BAAga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi

Shomurodov va Alijonov BAAga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb etilgan ikki nafar futbolchi BAAga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida jamoamizga yordam bera olmasligi ma’lum bo‘ldi.

Yaqindagina «Jenoa» klubi bilan shartnoma imzolagan Eldor Shomurodov Italiyada mehnat faoliyatiga ruxsat beruvchi viza masalalari sabab Toshkentda qolishga majbur bo‘ldi. Shu sababli 25 yoshli hujumchimiz BAA safariga bora olmaydi.

«Paxtakor» himoyachisi Hojiakbar Alijonov avvalgi jarohatlarining asorati sabab Eronga qarshi kechagi uchrashuvda o‘zini noqulay his qila boshladi. Murabbiylar shtabi jamoa shifokori bilan maslahatlashib, futbolchini jiddiy jarohat xavfidan asrash, undagi ushbu kichik noqulaylik futbolchining MTJ va «Paxtakor»dagi keyingi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatish ehtimolini hisobga olgan holda, unga ta’til berishga va jarohatini to‘liq davolab olishga imkoniyat yaratishga qaror qildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 11:43, 09.10.2020.
O'qildi: 8846 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик