Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Federiko Bernardeski jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi. Bugun futbolchi jamoaning umumiy mashg‘ulotlaridan ishtirok etdi.
Shu tariqa, hujumchi 17 oktyabr kuni A Seriya doirasi "Krotone" klubiga qarshi bo‘ladigan uchrashuv qaydnomasidan joy olishi mumkin.
Bernardeski o‘tgan mavsum 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol kiritgandi va uchta golga hammualliflik qilgandi.