Niderlandiyalik sobiq hujumchi Robin van Persi faoliyatini yakunlagach, "Feyenoord" klubida hujumchilar murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda.
Rotterdam shahri klubining U-13 jamoasi van Persining o‘g‘li - Shakil o‘ynab kelmoqda. Unga ko‘pchilik "Feyenoord"ning bo‘lajak yulduzi sifatida qaramoqda. Niderlandiya U-13 chempionatida Shakil "Ayaks" darvozasini chiroyli tarzda nishonga olib, noyob iqtidor sohibi ekanligini isbotladi.