Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Prezident muxlislik qilishi aytilgan "Aral" klubi haqida O‘zPFL direktori fikr bildirdi

Prezident muxlislik qilishi aytilgan "Aral" klubi haqida O‘zPFL direktori fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida "Aral" futbol klubi mavzusini ko‘tardi. Bu futbol olamidagilar uchun yoqimli. Zero "Aral samali" chindan ham kuchli klublar bilan raqobat qila olmaydigan darajaga kelib ulgurgan. Qoraqalpog‘iston nafaqat katta futbol, balki ayollar futboli hamda futzal masalasida ham albatta o‘sishga erishishi kerak.

Shavkat Miromonovich "Aral" klubining yaqin yillar ichida o‘ziga kelishiga sha’ma qildi. Aynan kelasi yil Superligada o‘ynaydi deyilmaganida ma’no bor. Chunki 20 yil avval Qoraqalpog‘iston bosh jamoasi sun’iy ravishda elitaga olib chiqilgan va ura-ura bilan ikki yil Oliy ligada ushlab turilgan. Tabiiyki, bosh jamoaning o‘ziga tegishli bazasiga, zaxira hamda kadr tayyorlovchi maktabiga e’tibor qilinmagan. Shuningdek, klub aniq moliyalashtirish manbalariga ega bo‘lmagan. Oqibatda jamoa ikki yilning ichida quyi ligaga qayta tushib ketgan.

Demak, endilikda ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish talab etiladi. Birinchi galda moddiy-texnik bazani qurish, kadrlar salohiyatini oshirishga urg‘u berish kerak bo‘ladi. Prezidentning bu taklifini qo‘llab-quvvatlagan holda "Aral" klubining Pro liga musobaqasida istisno tariqasida ishtirok etishiga erishishimiz mumkin. Sir emaski, mazkur liga uchrashuvlari UzReport va Futbol-TV orqali namoyish etilmoqda. Bu ko‘plab qoraqalpog‘istonlik do‘stlarimizga jonajon jamoalari uchrashuvidan bahramand bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi.

O‘zPFL 2021 yilgi mavsum uchun 22 klubni lisenziyalashdan o‘tkazdi. 2022 yilgi mavsumga qadar Pro liga ishtirokchilari sonini va ularning sifatini oshirish vazifasi turgan bir vaqtda, "Aral samali" klubiga bo‘lgan bunday e’tibor biz uchun katta yordam bo‘ladi. Umid qilamizki, 20 yil avvalgi sun’iylik unut bo‘ladi va bu safar hammasi FIFA nizomlariga, sport prinsiplariga to‘g‘ri keladigan holatda ro‘y beradi. Zero Prezident ta’kidlaganidek, "Aral" chindan ham qayta qurishga muhtoj. Pro liga orqali biz klubni bosqichma-bosqich ko‘zlangan maqsadga olib kelishimiz mumkin. Bu ligada Xorazm, Samarqand, Farg‘ona kabi viloyatlarning ham bosh jamoalari bor ekani "Aral" uchun ham motivasiya bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 11:12, 14.10.2020.
O'qildi: 6575 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.