Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Xabib — Getji jangi O‘zbekiston hududida jonli efirda namoyish etiladimi?

Xabib — Getji jangi O‘zbekiston hududida jonli efirda namoyish etiladimi?

Baho:
+ | -

UFC aralash jang san’ati havaskorlari uchun uzoq kutilgan UFC 254 musobaqasini tayyorlamoqda. 24-oktyabr kuni yakkama-yakka jang dunyosidagi asosiy voqealaridan biri bo‘lib o‘tadi. Unga sayyoramizning eng kuchli kurashchilari yig‘iladi.

Musobaqaga bo‘lgan katta qiziqish va tomoshabinlar murojaatlarini hisobga olgan holda, UZREPORT TV telekanali O‘zbekiston hududida musobaqa translyasiyasi eksklyuziv huquqini xarid qildi.

Musobaqa Abu Dabi (BAA) shahri yaqinidagi « UFC jangchilar oroli» sport majmuasi tarkibidagi Yas orolida joylashgan «Flash Forum» sport arenasida 24-oktyabr  kuni soat 21:00da bo‘lib o‘tadi.

Musobaqani takroran 25 va 30 oktyabr kunlari soat 22:00da UZREPORT TVda ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Tomoshabinlar oltita unutilmas jangni guvohi bo‘lishadi.

Yengil vaznda yengilmas rossiyalik chempion Xabib Nurmagomedov va yengil vazndagi vaqtinchalik chempion amerikalik Djastin Geydji (reytingda 1-o‘rinda) o‘rtasidagi unvon uchun kurash musobaqaning asosiy voqeasi sifatida rejalashtirilgan.

Yana bir asosiy voqea sifatida o‘rta vazndagi avstraliyalik Robert Uittaker (reytingda 1-o‘rinda) va amerikalik Djared Kannonye (reytingda 3-o‘rinda) o‘rtasidagi jang rejalashtirilgan.

Turnirning qolgan qatnashchilarning ro‘yxati quyidagicha:

Aleksandr Volkov — Uolt Xarris;

Islam Maxachev — Rafael Dos Anyos;

Sintiya Kalvillo — Loren Merfi;

Magomed Ankalayev — Ion Kuselaba.

Shunday qilib, shu kuni sizlarni boshidan oxirigacha hayajonli to‘qnashuvlar kutmoqda.

Manba: uzreport.news
Kiritildi: 23:11, 15.10.2020.
O'qildi: 20936 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.