Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Mbappe uchun kurash avjida!

Mbappe uchun kurash avjida!

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Moyes tan oldi

Angliyaning «Vest Hem» jamoasi sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes 2013 yilda Garet Beylni «Tottenhem»dan sotib olishlarini talab qilgan.

Bu haqida murabbiyning o‘zi ingliz nashrlariga bergan intervyusida tan olgan.

Uning aytishicha, «qizil iblislar» Garet uchun «Tottenhem» istaganidek katta pul taklif qilgan, biroq futbolchining o‘zi Madriddan kelib tushgan taklifni qabul qilishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Beyl «qaymoqranglilar» safida 4 bor Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi.

«Uotfurd» rad etdi

Ayni damda «Chempionship»da harakat qilayotgan «Uotfurd» klubi «Kristal Pelas»dan kelib tushgan taklifni rad etdi.

"Daily Mail« nashrining ma’lum qilishicha, »Kristal Pelas" Ismail Sarr borasida kelib tushgan 25 million yevrolik taklifni rad etgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Uotfurd» avvalroq «Liverpul»ning 20 million yevrolik taklifini ham rad etgan edi.

Mbappe uchun kurash avjida!

Angliyaning «Liverpul» jamoasi ham PSJ hujumchisi Kilian Mbappe uchun kurashga qo‘shilmoqda.

AS nashrining ma’lum qilishicha, PSJ Kilianga yiliga 30 million yevro maosh ko‘rsatilgan shartnoma taklif qilmoqchi. Shunga qaramay, Kilian boshqa klubga o‘tishga qaror qilgan. Shu bois, uning otasi bilan «Liverpul» aloqaga chiqqan.

Manbaning ma’lum qilishicha, Mbappening xizmatlari bilan shaxsan Yurgen Klopp qiziqib qolgan.

«Chelsi» o‘z fikridan qaytmadi

Londonning «Chelsi» klubi «Vest Hem» yarim himoyachisi Deklan Rays bilan shartnoma imzolash niyatidan qaytgani yo‘q.

ESPN nashrining ma’lum qilishicha, Frenk Lempardning maydon markazidan ko‘ngli to‘lmayapti. Shu bois, qishda bo‘lsa ham Rays bilan shartnoma imzolashni talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Deklanning «bolg‘achilar» bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilda o‘z yakuniga yetadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:38, 17.10.2020.
O'qildi: 10590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик