Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

La liga. «Real» o‘z uyida debyutantga yutqazdi

La liga. «Real» o‘z uyida debyutantga yutqazdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 6-turi doirasida "Real" o‘z uyida "Kadis"ni qabul qilib, kutilmaganda, imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Joriy mavsumda La ligaga chiqishga muvaffaq bo‘lgan jamoa bahsni ancha faol boshladi. 2-daqiqadayoq mehmonlar hisobni ochishlari mumkin edi, ammo darvozaga kirayotgan to‘pni Ramos chiziq ustida qaytarib qoldi. Oradan 6 daqiqa o‘tib esa Losanoning zarbasini Kurtua qaytardi.

Losanoning o‘zi 16-daqiqada hisobni ochdi. Negredo tomonidan bosh bilan yetkazilgan uzatma natijasida futbolchi yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va to‘pni Kurtuaning ustidan oshirib, darvozani ishg‘ol qildi.

"Real" birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalari va ikkinchi taymda vaziyatni o‘nglashga harakat qildi. Bahsning 80-daqiqasida Yovich darvozani ishg‘ol qildi, ammo uzatma bergan Benzema ofsaydda qolgan edi. Oradan 1 daqiqa o‘tib Karim tomonidan yo‘llangan zarba natijasida to‘p to‘singa tegib qaytdi.

Shu tariqa, "Kadis" muhim g‘alabaga erishdi va o‘z ochkolarini 10taga yetkazib, "Real" bilan tenglashib oldi.

Ispaniya La ligasi, 6-tur
Real Madrid – Kadis 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 16 Losano.
Real Madrid – Kurtua, Marselo, Ramos (Militao, 46), Nacho, Varan, Isko (Valverde, 46), Kroos (Yovich, 78), Vaskes (Asensio, 46), Modrich (Kazemiro, 46), Vinisius Junior, Benzema.
Kadis – Ledesma, Kala, Espino, Akapo, Fali Ximenes, Aleks Fernandes (Xayro Iskyerdo, 86), Yonsson (Augusto Fernandes, 86), Xose Mari (Garrido, 76), Salvi Sanches, Negredo (Ximenes, 81), Losano (Malbashich, 46).
Ogohlantirishlar: Ramos (34), Militao (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:32, 17.10.2020.
O'qildi: 3887 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик