Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Fernandesh noaniq penalti haqida fikr bildirdi

Fernandesh noaniq penalti haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh APL doirasida «Nyukasl» (4:1) jamoasi darvozasiga penaltidan gol ura olmagan vaziyat haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men ham oddiy insonman, xatolardan holi emasman. Men bu voqea yana takrorlanishini xohlamayman, o‘sha uchrashuvda ham xato qilishni xohlamagandim. Darvozabon o‘zini yaxshi his qildi, men esa xatoga yo‘l qo‘ydim. Men o‘sha darvozabonning harakatlarini o‘rganib chiqdim, biroq o‘zim xohlagandek zarba bera olmadim.

Penaltilarni amalga oshirish borasida o‘z ustidan yana ishlashim kerak. Keyingi safar aniq foydalanaman», – dedi Fernandesh klub TVsiga bergan intervyusida.

Portugaliyalik futbolchi faoliyati davomida amalga oshirgan 33 ta penaltidan 30 tasini aniq bajargan. U so‘nggi marotaba 2018 yilning oktyabr oyida belgilangan 11 metrli jarima to‘pidan noaniq foydalangandi.

Kiritildi: 13:03, 20.10.2020.
O'qildi: 2669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик