Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Jerrard o‘sha mash’um kunni yodga oldi

Jerrard o‘sha mash’um kunni yodga oldi

Baho:
+ | -

Ayni damda Shotlandiyaning «Glazgo Reynjers» jamoasida bosh murabbiy vazifasini bajarayotgan sobiq futbolchisi - Stiven Jerrard "Xigh Perfomance"  padkastida faoliyatidagi eng og‘ir kun haqida fikr bildirdi.

Yodingizda bo‘lsa, "Liverpul" Brendon Rojers boshchiligida chempionlik uchun kurash olib borayotgan paytda, Jerrard "Chelsi"ga qarshi o‘yinda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan edi. Aynan o‘sha, xato yakunda alamli mag‘lubiyatga sabab bo‘lgan va «Liverpul»ni uzoq kutilgan chempionlikdan mosuvo qilgan edi. Sobiq futbolchi uzoq yillik tanaffusdan so‘ng, o‘sha voqeani yodga oldi.

"Afsuski, «Chelsi»ga qarshi uchrashuvdagi xatoni hali-hamon o‘zim bilan olib yuraman. Bu men ishtirok etgan eng achinarli va alamli epizod sifatida o‘tmishda qolishi turgan gap. Bu voqea mening hayotimga qanday ta’sir o‘tkazganini ochig‘i bilmayman. Shunisi aniqki, ushbu xatoni hali-hamon yodimda saqlab kelyapman.

Shunday bo‘lsada, murabbiy bo‘lib bir narsani angladim. O‘tmishdagi qilingan xatolar insonni tajribaliroq qilib boradi. Gap shundaki, har qanday xatodan so‘ng, inson nimadir o‘rganadi. E’tiborlisi shundaki, bu o‘git uning xotirasida abadiy qoladi.

Ayni damda, mening tanam maksimum natija qayd etish uchun harakat qilmoda, biroq bu darajaga chiqishim uchun miyam ham shu tempda ishlashi lozim. Shunday ekan, ba’zan qo‘pol xatolar inson uchun yangi eshiklarini ochishi, uni o‘z ustidan ishlashga majbur qilishi turgan gap. Aynan shu omil sababli, murabbiylik faoliyatimda xato qilishdan qo‘rqmayman. Men «Glazgo Reynjers»ni olg‘a boshlamoqchiman. Bu yerda, maksimum natija qayd etish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Bundan foydalanish kerak xolos.

Bugungi kunda murabbiylikka to‘liq o‘zimni bag‘ishlaganman desam, adashmagan bo‘laman. Sababi, ushbu kasb menga yetarlicha adrenalin bermoqda. Undan lazzat olyapman. Muxlislarimizni xursand qilish uchun oldinga qadam tashlashda davom etamiz. Har qanday xato inson uchun nimadir o‘rganish imkonini yaratadi. shu bois, uning oqibatlarini emas, undan olinishi mumkin tajriba haqida bosh qotirish lozim."

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:21, 27.10.2020.
O'qildi: 5697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.