Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Inter»ga Svanberg kerak

Milanning «Inter» jamoasi qishki transfer chog‘ida «Balonya» yarim himoyachisi Mattias Svanberg bilan shartnoma imzolamoqchi.

“Football Italia” nashrining ma’lum qilishicha, 21 yoshli futbolchi uchun «Inter» 10 million yevro taklif qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli futbolchi «Balonya» sharafini bu mavsumda 6 ta o‘yinda himoya qildi va 1 ta golga mualliflik qildi. Shuningdek, bitta assist ham uning hisobida mavjud.

Avvalroq futbolchi bilan «Barselona» ham qiziqib qolgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

«MYU» Hendersonni olib qoladimi?

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi Din Henderson borasida yakuniy qarorga keldi.

ESPN nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, «qizil iblislar» Dinni qishda ijara asosida APLning boshqa bir klubiga yuborishga qaror qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda darvozabon «Sheffild» safida ijara asosida harakat qilgan edi.

Pogba baxtsiz?!

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini boshqa jamoada davom ettirmoqchi.

“Soccer” nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi o‘zini Manchesterda baxtsiz his etmoqda. Shu bois, yozda «Real» yoki «Yuventus» bilan muzokaralar uchun ochiq ekanligini tez orada rasman e’lon qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchini qo‘lga kiritishni istagan jamoa 80-90 million yevro atrofida sarf etishi lozim.

«Liverpul» posboni ketmoqchi

Angliyaning «Liverpul» jamoasi darvozaboni Kuimxin Kellexer faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi.

21 yoshli darvozabon rasman klub rahbarlaridan o‘zini ijara asosida boshqa jamoaga o‘yin amaliyoti uchun qo‘yib yuborishlarini talab qilgan.

Eslatib o‘tamiz, kipper aslida o‘tgan mavsumda boshqa jamoaga o‘tmoqchi edi, biroq Alissonning jarohati sababli klub uni o‘z tarkibida olib qolgan edi.

«Barsa» Dembele borasida o‘ylanib qoldi

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi Usman Dembleni qishda transferga qo‘yishi haqida rasman ma’lumot berganidan xabaringiz bor.

Sport.es nashrining ma’lum qilishicha, klub o‘z qarorini tez orada o‘zgartiradi.Bunga futbolchining Kuman qo‘l ostida asosiy tarkibdan o‘rin egallayotgani sabab bo‘lmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, Ansu Fatining jarohat olishi esa, Dembelening yozgacha tarkibda qolishini ta’minlashi aniq.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:29, 10.11.2020.
O'qildi: 7114 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.