«Manchester Yunayted» klubi chap qanot himoyachisi Lyuk Shou tizza osti payidan jarohat olgani uchun 6 haftaga safdan chiqdi. Bu haqda "The Athletic" xabar tarqatdi.
Shou 7 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan «Everton»ga qarshi o‘yinda jarohat olib, o‘yin davomida zaxiraga olingan edi.
25 yoshli futbolchi mavsum-2019/20da aynan ushbu payi uzilib ketgani uchun 3 oy davomida maydondan tashqarida qolgandi. Ammo bu safar jarohat u qadar jiddiy emas.
Uning tiklanishi uchun 4 haftadan 6 haftagacha vaqt ketadi.