Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+2 | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Yanuzay qaytadimi?

«Real Sosyedad» jamoasi yarim himoyachisi Adnan Yanuzay faoliyatini APL klublaridan birida davom ettirishi mumkin.

Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, 25 yoshli futbolchi bilan «Sautgempton» va «Brayton» jamoalaridan takliflar kelib tushmoqda. Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilda o‘z yakunga yetadi. Shu bois, agar ispan klubni uni olib qolmoqchi bo‘lmasa, qishda yoki yozda transferga qo‘yishi shart.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi joriy mavsumda 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobida 2 ta gol yozib qo‘ydi.

Ramos ketishi mumkin

Madridning «Real» jamoasi sardori Serxio Ramos yangi shartnoma borasida rahbariyat bilan bir to‘xtamga kela olmayapti.

Jurnalist – Kristobal Sorianing ma’lum qilishicha, futbolchining yozda jamoani tark etishi deyarli 80 foiz aniq bo‘lib ulgurdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Ramosda ayni paytda bir necha moliyaviy ajoyib takliflar mavjud va u yozda ulardan birini tanlashi mumkin.

«Real» kurashga qo‘shildi

Germaniyaning «RB Leypsig» jamoasi yarim himoyachisi Dominik Sobosloi uchun kurash avjiga chiqmoqda.

AS nashrining ma’lum qilishicha, Zidan 20 yoshli futbolchini Iskoning o‘rnini egallashini taxmin qilmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, «Real Madrid» vengriyalik futbolchi uchun 25 million yevrodan voz kechishga tayyor.

Yarim himoyachi uchun kurashda Madrid klubi «Liverpul», PSJ, «Everton», «Sevilya» va boshqa jamoalar bilan raqobat olib borishga to‘g‘ri keladi.

«Lasio»ga Vaskes kerak

Ispaniyaning «Sevilya» jamoasi yarim himoyachisi Franko Vaskes faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Marca nashrining ma’lum qilishicha, aslida Rim klubi yozda 31 yoshli futbolchini qo‘lga kiritmoqchi edi, biroq tomonlar transfer shartlari borasida kelisha olmagan edi. «Burgutlar» qishki transfer oynasi chog‘ida yana bir bor transferni amalga oshirish uchun urinib ko‘radi.

Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu transfer taxminan 4 million yevroga baholanmoqda.

“Arsenal” 80 milliondan voz kechmoqchi

Londonning “Arsenal” jamoasi qishki transfer oynasi chog‘ida jiddiy transferlarni amalga oshirishni reja qilmoqda.

“The Sport” nashrining ma’lum qilishicha, jamoa nishonida «RB Leypsig» himoyachisi Ibrahim Konate va yarim himoyachisi Kristoger Nkunkular mavjud.

Manbaning ma’lum qilishicha, Konatening tovon puli 44 million yevro etib belgilangan. Nkunku uchun esa, “Arsenal” 36 million funt taklif qilmoqchi. Agar «buqalar» o‘z futbolchisini sotishga qaror qilsa, ushbu transferlar qishda amalga oshadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:48, 14.11.2020.
O'qildi: 9033 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.