Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Muhammad Al-Nenni COVID-19 uchun topshirgan test natijasi ijobiy chiqdi. Bu haqda Mist terma jamoasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Al-Nenni karantinga yuborildi. U yaqin vaqtlar ichida terma jamoasi uchun ham, klubi uchun ham yordam bera olmaydi.
2020/2021 yilgi mavsumda Al-Nenni APL doirasida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi.