Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Asror Aliqulov: «Bu o‘yinga saviyali hakam jo‘natilishini kutgandik»

Asror Aliqulov: «Bu o‘yinga saviyali hakam jo‘natilishini kutgandik»

Baho:
+ | -

Pro-liga 18-turidan o‘rin olgan “Neftchi” — “Sho‘rtan” (1:0) uchrashuvidan so‘ng, mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Asror aka, bugungi o‘yin haqida fikrlaringiz...
— Bugungi o‘yin ko‘p narsani hal qilishi va bizni imkoniyatlarimizni oshirishi mumkin edi. Bugungi o‘yinda tarkib borasida yo‘qotishlar mavjud edi. Ayniqsa, bu xolat himoya chizig‘ida yaqqol ko‘rindi, ikki nafar markaziy himoya vakilini bugungi o‘yinga olib kela olmadik. O‘yinga keladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, bugun yomon o‘yin namoyish etmadik. Bizda ko‘proq hujumda mahorat yetishmadi. Imkoniyatlar bo‘ldi, lekin jismoniy holat pand bermoqda. “Neftchi”ni hujumlari ko‘proq standart vaziyatlar orqali kechdi, biz shunga qarshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Joriy mavsumda bu jamoaga qarshi to‘rtinchi o‘yinda maydonga chiqdik, kubok musobaqasini qo‘shib hisoblasa, besh marta to‘qnash kelmoqdamiz. “Neftchi”ni kuch tomonlama bilardik, bugun juda og‘ir o‘yin kechdi, deb aytishim noo‘rindir balki. Qayerdadir hujum qilib, to‘pni o‘zimizda ushlashga harakat qildik. Baribir so‘ngi soniyalarda gol o‘tkazib yubordik, alamli mag‘lubiyat desam to‘g‘ri bo‘ladi.

— O‘yin davomida hakamlarga nisbatan ko‘p e’tiroz bildirdingiz. Shu holatlarga qanday izoh berasiz?
— Bugungi o‘yin televideniye orqali namoyish etiladi, deb o‘ylagandik. Shu sababdan o‘yin hakamlarini uchrashuvni boshqarishda jiddiy yondashishi va bu o‘yinga saviyali hakam jo‘natilishini kutgandik. Futbolni ham hurmat qilish kerak, uchrashuv hakamlari bir qator xatoliklarga yo‘l qo‘yishdi. Ularni ishini muhokama qilish emasku, lekin ayniqsa kichik qoidabuzarliklarda, hujumlarni to‘xtatishda ularda xatoliklar kuzatildi. Shu sababdan bugun hakamlar o‘z vazifasini 100 foiz uddaladi deb ayta olmayman. Baribir futbol ichida yuribmiz, ularning o‘rni futbolimiz rivojida juda baland.

— Navbatdagi turni yana Farg‘onada, Yaypanning “Turon” jamoasiga qarshi o‘tkazasizlar. Shu o‘yin haqida nimalarni ayta olasiz?
— Endi hozir og‘ir o‘yin o‘tkazdik. Maydon ham sovuq, sirpanchiq, shu bois futbolchilar ko‘p kuch yo‘qotdi. Moliyaviy qiyinchiliklar tufaylimi, yoki chindan ham shundaymi, qaysidir o‘yinchilar maydonga tushishdan bosh tortishadi. Shu sabab, almashtirishlarga imkoniyatimiz yo‘q. Yaqin kunlarda o‘yin o‘tkazamiz, futbolchilarning imkoniyatini chamalab, tayyor bo‘lganlarni maydonga tushiramiz.

Bekzod TOLIBOV.

Manba: https://t.me/shurtanpfc
Kiritildi: 14:27, 21.11.2020.
O'qildi: 3063 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик