Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Sulsher: «Lekin bunday vaziyatda penalti belgilanmaydi»

Sulsher: «Lekin bunday vaziyatda penalti belgilanmaydi»

Baho:
+ | -

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher «Vest Bromvich» (1:0) ustidan APLning 9-turida qo‘lga kiritilgan g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

O‘yin haqida:

«Terma jamoalar sababli yuzaga kelgan tanaffusdan keyin g‘alaba qozonish yoqimli. O‘z maydonimizda g‘alabani qo‘lga kiritishimiz shart edi.

O‘zimizni qulay his qilishimiz uchun yana 2-3 ta gol kiritishimiz kerak edi, lekin o‘yinni oxirigacha xavotir ostida o‘ynadik.

Ajoyib futbolchilardan tashkil topgan jamoaga qarshi o‘yinda hech qachon o‘zingni xotirjam his qilmaysan. Raqibda ham vaziyatlar bo‘ldi va i De Xea ikkita ajoyiyu seyvni amalga oshirdi.

Mayda detallar o‘yin taqdirini hal qiladi, lekin natija kayfiyatga ta’sir ko‘rsatadi.

Fernandeshni penaltini qayta tepgani haqida:

«Bunday vaziyat De Xea bilan mavsum boshida ham ro‘y bergan edi, biroq, o‘shanda u ham darvoza chizig‘idan tashqariga chiqib olgandi.

Ehtimol Brunu o‘zining ajoyib ijrosi bilan darvozabonlarni biroz oldinga chiqishga majbur qilar. Sem Jonston yaxshi darvozabonga aylandi.

Penalti belgilash qoidasini qayta-qayta muhokama qilamiz. VAR penalti belgilashi uchun yengil teginish yetarli. Hozirgi vaziyat men o‘ynagan paytdagisi bilan farq qiladi».

«Vest Bromvich» foydasi penalti belgilanishi haqida:

«Bugun bo‘lib o‘tgan «Aston Villa» va «Brayton» jamoalari o‘rtasidagi vaziyatni tomosha qildim. O‘shanda to‘pga kontakt bo‘ldi, keyin esa futbolchiga. Fikrimcha, o‘sha vaziyatda ham penalti berilishi kerak edi.

Balki bu yerda biroz omadimiz kelgandir, lekin bunday penalti hech qachon belgilanmagandi. Balki, qoida mening fikrimdan farq qilar».

Kiritildi: 09:56, 22.11.2020.
O'qildi: 6519 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.