Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Uch kun umri qolgan muxlis

Uch kun umri qolgan muxlis

Baho:
+ | -

To‘g‘risi, bugun boshqa saytlardan birida e’lon qilingan maqolamga ko‘zim tushib qoldim. Ochig‘i, voqea biroz xotiramdan ko‘tarilgan ekan. O‘qib ta’sirlandim. Deyarli ikki yil avval yozilgan bo‘lsada, maqola hali-hamon o‘z kuchini yo‘qotmagan. Shunday ekan, keling bugun futbolni o‘zgacha yaxshi ko‘rgan oddiygina muxlisni yodga olamiz.

«Feynoord» jamoasining Rotterdamlik bir muxlisi bor yedi. U jamoasining mavsum davomidagi deyarli birorta uchrashuvini o‘tkazib yubormas, mehmondagi uchrashuvlarda ham o‘z suyukli klubini qo‘llab-quvvatlab turardi. Fan klub yetakchisi sifatida saylangan qahramonimizning to‘liq ismini hech kim bilmas, shunchaki malla Mark deb chaqirishar edi. Markni hayotda sira omadi kelmagan, yoshi o‘tib qolgan bo‘lsada, deyarli yolg‘iz edi. Uning hayotida mingta quvonch ulashuvchi narsa bo‘lsa bu - futbol edi! Agar bir dona quvonch ulashuvchi narsa bor desak, u ham futbol edi! Mark futbol bilan tirik edi...

Qahramonimizning butun umr o‘z klubi uchrashuvlarini maydondan kuzatsa ham, o‘ta tortinchoqligi sababli ortiqcha e’tibordan qochardi...

2012-13 yilgi mavsum uchrashuvlarida ko‘rinmay qolgan Mark «Feynoord» muxlislarining e’tiborini tortadi. Uning borligida u qadar o‘rni bilinmasada, ko‘rinmay qolgani darrov seziladi. Fan klub a’zolaridan biri uni qidirib uyiga borib topa olmaydi. Surushtirib bilsa, Mark kasalxonaga tushib qolgan, saraton kasalligining oxirgi bosqichini boshidan o‘tkazayotgan ekan... Bu xabar birdaniga butun Gollandiyada yashin tezligida tarqaldi. Futbolchini ko‘rgani «Feynoord» futbolchilari bir necha bor kasalxonaga borishdi. Malla Mark ular bilan soatlab gaplashib o‘tirar, o‘zining bemorligini bir zumga yodidan chiqarib yuborardi...2013 yilning iyun oyida Markning ahvoli og‘irlashdi va doktorlar uning uzog‘i bilan bir oy umri qolganini aytishadi.

Kasalxonadagi muolajalardan charchagan Mark shiftga tikilib yotar ekan, sevikli jamoasining o‘yinlarini so‘nggi bor ko‘rishni juda istardi...«Feynoord» klubi sodiq muxlisining ahvoli og‘irlashganini klub o‘z rasmiy saytida e’lon qiladi. Fanatlar Markdan ko‘ngli nimani tusashini ko‘p bor so‘rashadi.U esa tortinib so‘nggi bor «Feynoord» stadionida muxlislar bilan o‘tirishni xohlashini aytadi...Odamiylik naqadar go‘zal hislat-a? Uning yaqinlari va muxlislar armiyasi malla Markning bu istagi aslida eng so‘nggi tilagi ekanligini yaxshi his qilib turishardi. Shu sabab, ta’tilga chiqib ketgan futbolchilarni 3 kun ichida yig‘ishga tushib ketishadi. Shoshilish kerak. Mark tobora bu dunyodan uzoqlashib bormoqda....

26 iyun sanasida «Feynoord» klubi o‘z futbolchilari bilan birgalikda klubning sodiq muxlisi, uzoq yillik qadrdonlari malla Mark uchun stadionda jamlanishdi. Yangi mavsum boshlanmagani uchun raqib topa olmagan «Feynoord» ikkiga bo‘linib Mark uchun maydonda to‘p surdi. Stadionga yig‘ilgan 25 ming muxlisning birortasi o‘sha kuni o‘yingohda o‘tirganiga qaramay, futbol tomosha qilishmadi. Hammaning nigohi Markda! U esa, doimo o‘zi o‘tiradigan o‘rindiqda, hamma narsani unutgancha, uchrashuvni qiziqish bilan tomosha qilar, hech kim bilan ishi yo‘qdek...

O‘yin yakunlangach, futbolchilar uni maydonga olib tushishdi. Tortinchoq Mark klubiga, sevimli stadioniga to‘yib-to‘yib boqar ekan, ko‘zlaridagi yoshlarini to‘xtata olmay qoldi. Muxlislar uni qo‘llab-quvvatlab turishar u esa hammasi so‘nggi bor ekanligi his qilgancha muxlislar oldiga yaqinlashdida, qo‘llarini keng yozib ko‘zlarini yumdi...

Ertasi kuni malla Mark klub redaksiyasiga qisqagina xat yozib yubordi.

"Qadrli va jonajon klubim! hammasi uchun tashakkur. Kecha men o‘z oilam davrasida so‘nggi bor vaqt o‘tkazganimdan baxtiyorman. «Feynoord»ning har bir muxlisi menga o‘z oila a’zolarimdek qadrdon. Meni yolg‘iz qoldirmaganingiz uchun yana bir bor rahmat."

Bu qisqagina xat ko‘plab muxlislarni qalblarini larzaga keltirib yubordi. 28 iyun oqshomida Mark olamdan o‘tdi...

Uning o‘limi haqidagi xabar shaharda yashin tezligida tarqaldi. Uni so‘nggi bekatga kuzatish uchun o‘sha kuni tongdan butun shahar tayyorgarlikni boshlab yubordi. Hamma avtobuslar «Seni yolg‘iz qoldirmaymiz» jumlasi tushirilgan tabloni o‘sha kuni kechgacha o‘chirishmadi.

Rotterdam aholisi o‘z oila a’zosini kuzatib qo‘ygani ko‘chalarga «oqib» chiqdi. Uning tobuti joylashgan mashina manziliga etib olguncha yuz mingdan ziyod muxlislar qurshovida joyidan qo‘zg‘ala olmay uzoq turib qoldi...

Bu hodisalar haqida kimdir eshitdi, kimdir eshitmadi, ammo...Rotterdamlik Mark voqeasi futbol hali to‘la qonli biznesga aylanmaganini, undagi asl joziba hozircha saqlanib qolinganini ko‘rsatib berdi. Bu voqeani guvohi bo‘lgan, eshitgan futbolchilar tushunishlari shart! Futbol bu katta pul ishlab olish uchun ularga berilgan imkoniyat emas! Bu o‘yinni er yuzida millionlab malla Mark singari muxlislari mavjud!Bunday muxlislar hayotining eng shodon kunida ham, eng og‘ir damlarida ham sevimli jamoasining oldida bo‘lishni istaydi. Malla Mark singari muxlislar bor ekan, futbol o‘z mohiyatini hali beri yo‘qotmaydi

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:04, 27.11.2020.
O'qildi: 4723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.