Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Rolando Maran: «Shomurodov asta-sekinlik bilan o‘sib boryapti»

Rolando Maran: «Shomurodov asta-sekinlik bilan o‘sib boryapti»

Baho:
+ | -1

«Jenoa» matbuot xizmati bosh murabbiy Rolando Maranning Italiya Kubogi doirasida «Sampdoriya» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyingi fikrlarini ma’lum qildi.

— G‘alaba juda yoqimli bo‘ldi, chunki og‘ir damlarni boshimizdan o‘tkazyapmiz. Yakshanba kungi o‘yindan keyin aytganimdek, biz ikkinchi davra uchun ilk tamal toshini qo‘yishni boshladik. Kelasi yili, ya’ni, mavsumning ikkinchi yarmida biz shunday o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Futbolchilarning miyasini tozalab, ularning harakatlariga agressivlik qo‘sha oldik. Yigitlarning ruhiy jihati borasida ko‘proq ishlash kerak, chunki ular maydonga tushganida shunday o‘yin ko‘rsatishi lozimki, barcha hayron qolsin. Bu borada ko‘p ishlar qildik. Og‘ir damlarni o‘tkazayotgan jamoa futbolchilariga oson emas, shunday bo‘lsa ham yigitlarim birinchi bo‘limni yomon o‘tkazmadi. Ammo ikkinchi bo‘limdagi o‘yinni inobatga oladigan bo‘lsak, derbida muhim g‘alabaga erishdik, deb hisoblayman.

«Jenoa» futbolchilari ikkinchi bo‘limda juda ajoyib harakat qilishdi

— Tanaffusda futbolchilarga motivasiya berish qiyin bo‘lmadimi?

— Qiyin bo‘lyapti. Ketma-ket mag‘lubiyatlar ularni siqiltirib qo‘ygan. Futbolchilar qiynalayotgan jihatlar bo‘yicha yordam berishga, maslahatlashishga doim harakat qilib kelganman. Biroq baribir barchasi futbolchilarning ijodkorligiga, mahoratiga ham bog‘liq. Yigitlarni tabriklayman. Bu ular uchun har tomonlama ajoyib g‘alaba bo‘ldi.

Eldor Shomurodov va Janlukki Skamakka ajoyib duet bo‘lishdi

— Tarkibda asosan Skamakka ko‘proq gol uryapti. Jamoadagi hujumchilar muammosini bartaraf eta oldingizmi?

— Bugun ancha vaqt o‘ynamagan Eldorni ham tarkibga qaytardik. U o‘yinga temp bag‘ishlay oldi. Bundan xursandman. U asta-sekinlik bilan o‘sib boryapti. Biz Eldorni ikkinchi davraga yaxshilab tayyorlashimiz kerak. Chunki ikkinchi davradan bizda umuman boshqa rejalar asosida o‘yinni tashkillashtiramiz. O‘ylaymanki, futbolchilar bu borada muxlislarga o‘ziga xos signal bera olishdi.

Manba: https://t.me/LegionerTV
Kiritildi: 10:01, 27.11.2020.
O'qildi: 10614 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик