Londonliklar YECHLda bir tekis o‘yin namoyish etishmoqda. APLdagi ishlar ham yomon emas. Sermahsullikning katta qismini esa jamoaning tajribali futbolchisi Olivye Jiru ta’minlab bermoqda. U «Sevilya»ga qarshi bahsda poker qayd etib, avvalgi shonli davrlarini eslatib yubormoqda. Bundan keyingi natijalar ham bevosita unga bog‘liq bo‘lishi mumkin.