Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekiston kubogi. «Lokomotiv» - AGMK. Prevyu

O‘zbekiston kubogi. «Lokomotiv» - AGMK. Prevyu

Baho:
+ | -

Ertaga AGMK O‘zbekiston kubogi doirasida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasiga qarshi nimchorak final o‘yinini o‘tkazadi.

O‘yin qur’a natijasiga ko‘ra mehmonda o‘tadi. E’tiborga molik tarafi, bu ikki jamoalar O‘zbekiston kubogi doirasida ilk marotaba to‘qnash kelishmoqda. Bunga qadar AGMK va "Lokomotiv" milliy chempionat va O‘zbekiston superkubogida bahs yuritgan.

O‘zaro o‘yinlar statistikasiga ko‘ra, o‘tkazilgan 26 o‘yinda "Lokomotiv" 17 g‘alabani tantana qilgan, AGMK esa 5 marotaba "temiryo‘lchilar"dan ustun kelgan. Qolgan 4 bellashuvda g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbati: 52-30, "Lokomotiv" foydasiga.

Joriy mavsum jamoamiz "Lokomotiv" bilan ikki marotaba to‘qnash kelib, markazlashtirilgan holatda o‘tkazilgan birinchi davra bahsida 3:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Lokomotiv" uyidagi bellashuvda mezbonlar 2:1 hisobida yutdi.

AGMK 2004 yildan e’tiboran mamlakat kubogi musobaqasida ishtirok etib kelmoqda. Jamoamiz O‘zbekiston kubogidagi o‘tkazilgan jami 44 o‘yinda 17 g‘alaba, 9 durang va 18 mag‘lubiyat qayd etgan. AGMK jamoasining O‘zbekiston kubogidagi to‘plar nisbati quyidagi ko‘rinishda: 62-63.

"Lokomotiv"ga qarshi o‘yin haqidagi yana bir qiziq jihat, joriy mavsumdagi uchta o‘yin AGMK jamoasi uchun begona maydonda o‘tmoqda. Chempionat doirasidagi birinchi davra o‘yini neytral maydonda o‘tgandi, ikkinchi davrada esa "Lokomotiv" o‘yingohida mehmon bo‘lgan AGMK kubok bahsida ham ertaga ushbu stadionga boradi.

Uchrashuv 8 dekabr kuni soat 14:00da boshlanadi. G‘olib jamoa O‘zbekiston kubogidagi yurishini davom ettirib, chorak finalga yo‘llanma oladi.

Bo‘lajak o‘yinga Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoamiz jiddiy hozirlik ko‘rmoqda va ertangi bahsda AGMK o‘z muxlislarini xursand qilish maqsadida maydonga tushadi.

O‘zbekiston kubogi, 1/8 final.
8 dekabr, seshanba
"Lokomotiv" — AGMK (14:00)
Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullayev, Sardor Nishonboyev, Avaz Abdullayev, Ahmadjon Ergashev
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 14:16, 07.12.2020.
O'qildi: 1421 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.