Shvesiyalik afsonaviy hujumchi Zlatan Ibrahimovich Angliya Premyer-ligasining 6-turida «Liverpul» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi uchrashuvda (0:3) yarim himoyachi Rayan Gravenberxning maydondan chetlatilishiga keskin munosabat bildirdi.
Mazkur bahsda «Liverpul» bir kishi kam bo‘lib qolganidan so‘ng o‘z darvozasidan javobsiz uchta to‘p o‘tkazib yubordi.
«Bunday hakamlikdan keyin arbitrni o‘yinlarni boshqarishdan chetlatish kerak. U shunchaki uchrashuvni barbod qildi. Gravenberxni maydondan chetlatish uchun asos yo‘q edi.
Ammo hakam qaysi jamoa g‘alaba qozonishi kerakligini o‘zi tanladi. Hakamlik darajasi juda past bo‘ldi va ko‘plab bahsli qarorlar qabul qilindi», — dedi Ibragimovich. Uning so‘zlari Lord Zeus akkauntida keltirilgan.
Mazkur mag‘lubiyatdan so‘ng «Liverpul» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.
«Manchester Siti» esa musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













