Madridning "Real" klubi braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior 27 yoshli bloger Virjiniya Fonseka bilan munosabatlarini yakunladi. Bu haqda blogerning vakili CNN Brazil telekanaliga ma’lum qildi.
"Virjiniya Fonseka va Vini Junior endi birga emas. Ular o‘rtasida hech qanday ziddiyat yoki janjal bo‘lmagan. Ikkalasi ham munosabatlarni davom ettirmaslikka o‘zaro kelishib qaror qilgan", — dedi blogerning vakili.
10 oktyabr kuni "Real" Ispaniya La Ligasining 8-turida o‘z maydonida "Vilyarreal"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Ushbu uchrashuvda Vinisius asosiy tarkibdan joy olmadi va 52-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Biroq 73-daqiqada raqib futbolchisining sochidan tortgani uchun qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.
Endilikda braziliyalik hujumchi bir nechta o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi mumkin. Shu sababli uning "Barselona"ga qarshi muhim uchrashuvni o‘tkazib yuborish ehtimoli bor.













