Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Eng chiroyli logotipga ega musobaqalar (Top 9)

Eng chiroyli logotipga ega musobaqalar (Top 9)

Baho:
+ | -

Soccer.ru yaqindagina eng xunuk logotipga ega musobaqalar bilan tanishtirgan edi. Endi navbat eng chiroyli dizaynda yaratilgan turnirlarning logotiplari bilan tanishtirib o‘tadi.

9-o‘rin. KONKAKAF chempionlar ligasi

Yangilangan logo ko‘proq taniqli serial «taxtlar jangi»ini eslatib yuboradi. Shunday bo‘lsada, ushbu musobaqaning logotipi o‘zgacha formatda yaratilgani bilan boshqalardan keskin farq qiladi.

8-o‘rin. UYEFA super kubogi

Ushbu musobaqaning darajasi juda baland bo‘lsada, emblema juda nozik did bilan chizilgan. Ushbu musobaqa logosi ustida bir nechta mashhur dizaynerlar ish olib borgani shundoqqina ko‘rinib turibdi.

7-o‘rin. Libertadores kubogi

Ushbu logo yaqindagina ommaga taqdim etilgan bo‘lsada, muxlislar tomonidan juda iliq qabul qilindi. Aslida, ushbu logoda musobaqaning bosh sovrini asosiy figura bo‘lishi taxmin qilingan edi, biroq rassomlar o‘zgacharoq uslubga murojaat etishga qaror qilishdi.

6-o‘rin. Janubiy Amerika kubogi

Libertadores kubogi singari bu logotip ham yaqindagina omma yuzini ko‘rgan. Musobaqada foydalanilgan to‘pning logotipdan o‘rin egallashi juda chiroyli manzarani kashf etmoqda. Boz ustiga, emblema ichida golni nishonlayotgan inson tasviri ham mavjud ekanligi kishi ko‘zini quvnatadi.

5-o‘rin. Janubiy Amerika Rekopasi

UYEFA super kubogining Janubiy Amerikadagi analogi sanalgan musobaqa ham o‘zgacha ko‘rinishda qayta jonlandi. Tan olish lozim, ushbu logo ustida Osiyoliklar ish olib borishgani shundoqqina sezilib turadi. Shu yo‘sinda, Janubiy Amerikalik musobaqa tashkilotchilari o‘zgacharoq ko‘rinishga ega bo‘lishga harakat qilgani sezilib turadi.

4-o‘rin. OCHL

Hamyurtlarimizga juda tanish bo‘lgan belgini Soccer.ru nashri kuchli beshlikka kiritgani quvonarli holat. Aslida bunga qadar (2009 yilgacha) musobaqa logosi umuman boshqacha ko‘rinishda edi.

Keyinroq, qit’adoshlarimiz to‘p tepayotgan futbolchini aks ettirishga urinib ko‘rishgan. Boz ustiga, musobaqaning asosiy homiylari rangi tushirilgan logotip anchagina ko‘tarinki kayfiyat taqdim etadi.

3-o‘rin. Yevropa millatlar ligasi

Tan olish lozim, Yevropa ligasi o‘z imijiga ega musobaqaga aylanib bormoqda. Uning emblemasi esa, ko‘zimizga «olov»dek ko‘rinadi. Yevropa davlatlarini bir bayroq ichida jam qilishga urinish ajoyib yechim. Shu bois, aynan shu logo kuchli uchlikni ochib beradi. Boz ustiga, tanlangan shrift ham ko‘zni charchatmaydi.

2-o‘rin. Chempionlar kubogi

Futbol musobaqalari uchun o‘zgacha ko‘rinishdagi logotip. Tan olish lozim, AQSH dizaynerlari bu borada chinakam inqilob qilishga muvaffaq bo‘lishgan. Yangi musobaqa o‘zida Meksika, AQSH va Kanada chempionlarini birlashtirishga harakat qiladi. Bu xuddi Yevropa super kubogining analogi. Faqat musobaqa Markaziy Amerika va Shimoliy Amerika chempionlar ligasi g‘oliblari o‘rtasida tashkillashtiriladi. Musobaqa nomi ispancha bo‘lsada, logoda «one» so‘ziga joy topilgan. Bunda dizaynerlarning mehnati yaqqol ko‘zga tashlanadi.

1-o‘rin. Yevropa chempionlar ligasi

Ushbu musobaqa 1992 yilda qayta ko‘rib chiqilgach, uning formatiga qo‘shib logotipini ham almashtirishdi. UYEFA yangi musobaqa uchun yangi logo chizish kerakligini darrov fahmladi va musobaqa e’lon qildi. Angliyalik dizayner Fil Klements tomonidan chizilgan to‘p va yulduzcha 50 ta da’vogar ichida eng yaxshisi deb topildi. O‘sha davrlardagi oq-qora rangdagi televizorlarda bu rasm o‘z ko‘rinishini yo‘qotmagani uchun ham aynan u tanlangan edi.

Musobaqaning darajasi juda baland bo‘lgani uchun, logotip qisqa muddatda brend darajasiga ko‘tarildi. Keyin esa, logo turnir o‘yinlari o‘tkaziladigan to‘plarga ko‘chirildi va brendning narxi juda ko‘tarilib ketdi. Ushbu logotipni dunyodagi barcha futbol muxlisi yaxshi taniydi. Aynan shu omil, uning bugungi ro‘yxatimizda birinchi o‘rinni egallashi uchun katta xizmat ko‘rsatdi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:14, 07.12.2020.
O'qildi: 8420 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.