Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Madrid derbisi oldidan nimalarni bilasiz?

Madrid derbisi oldidan nimalarni bilasiz?

Baho:
+ | -

Bugun tunda Ispaniya La Ligasi doirasidagi muxlislar uzoq kutgan Madrid derbisi bo‘lib o‘tadi. Stadion.uz esa o‘zaro uchrashuvlarga doir qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etadi.

Ikki xil «Atletiko»

Ushbu ta’rif yaqi yillar xulosasi o‘laroq, klub muxlislariga biroz g‘alatiroq eshitilishi mumkin. Lekin uzoq yillik tarix bo‘yicha shunday. Aslida ham bu derbida xohlaymizmi yo‘qmi, yaqqol favorit mavjud. Statistika nuqtayi nazaridan ham «qirollik klubi» bu yerda sezilarli ustunlikka ega. Buni Simeone erasi boshlangunicha muddatda o‘tgan juda uzun davr bilan eslash mumkin. «Matraschilar» 1999 yildan tortib 2013 yilgacha «Real»ni birorta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrata olishmagan. Ular 14 yil davomida 25 ta o‘yinlik omadsiz seriyani qayd etishdi.

Argentinalik mutaxassis jamoa bosh postini qabul qilib olgach esa vaziyat tubdan ijobiy tomonga o‘zgargan. Asrimizning nisbatan ikkinchi dekadasidan boshlab «Atletiko» o‘zining katta hajmli muxlislar jamoasini yig‘a boshladi, yangi rahbariyat va iste’dodli murabbiy bilan endi jamoa o‘sha barcha bilgan pragmatik futbolini sekin-asta shakllantirib bordi. Bizga tanish «Atletiko»ning tarixi nisbatan qisqaroq va asosiy yirik titullar juda tez fursatlarda qo‘lga kiritilgan. Aynan Simeone boshchiligida jamoa «Real» bilan o‘zaro o‘yindagi statistikalarini ham nisbatan yaxshilab oldi. Shundan so‘ng umumiy g‘alabalar borasidagi ustunlik to‘laligicha «matraschilar» tomoniga o‘tib ketdi – 8:7, 11 ta durang. Bular o‘sha payti aynan Ronalduning «quturgan» davrlariga to‘g‘ri kelganini ham hisobga olsak, ushbu g‘alabalarning qiymati yanayam oshishi turgan gap.

Ramziy hududlar


Madrid derbisi paydo bo‘lgan davrlaridan boshlab musxlislarga yuqori intrigali o‘yinlarni taqdim etib keladi. Har ikkala jamaoaning ham ushbu qarama-qarshilikka doir o‘z an’analari va ramziy marosimlari mavjud. 70-yillar mobaynida Ispan futbolida g‘alabani o‘zgacha uslubda nishonlashga jiddiy e’tibor bilan qarashgan. Muxlislar uchrashuvdan so‘ng muayyan hududda yig‘ilishib, o‘z suyukli madhiyalarini birgalikda kuylab vaqt o‘tkazishgan. Madrid jamoalari uchun esa shaharinng qoq markazida joylashgan «Sibelyas» fontani doimiy yig‘in joyi hisoblangan. Bu yerga ramziy hudud sifatida qaralgan bo‘lib, «Atletiko» 1977 yilda La Liga bosh sovrinini qo‘lga kiritgandan so‘ng jamoa muxlislari fontanni to‘liq o‘zlashtirib olishadi. Lekin vaqtlar o‘tishi bilan «Sibelyas» fontani ommaviylashib bordi va endi u yerda bazm qiluvchi klublar soni ham oshib ketdi. Ayniqsa, «Real»ning dastavval Ispaniyada, keyinchalik esa butun Yevropa bo‘ylab gegemonlik davri qayta tiklangan 80-yillarda «qaymoqranglilar» ko‘p jihatdan hamshaharlari bilan ,bir umumiylikka birlasha boshladilar.

 

O‘sha paytlari jamoada dunyo tan olgan yaqqol liderlar guruhi shakllanib qolgan edi. Klub akademiyasidan yetishib chiqib keyinchlik top darajaga erishgan Sanches, Emilio Butrageno, Rafael Martin Vaskes, Maykl va Migel Pardezalarga mashhur jurnalistlar tomonidan «La Quinta del Buitre» – «engilmas beshlik» nomi berilgan edi. Ular hisobiga qo‘lga kiritilgan g‘alabalar evaziga jamoa «Sibelyas»ni «Atletiko»dan «yulib oldi». Hamshaharlarininng juda katta muxlislar armiyasiga mag‘lub bo‘gan «matraschi» ishqibozlar endi o‘zlariga yangi joy topishlari kerak edi. Ular 1991 yilda mamlakat kubogini yutishganlaridan so‘ng o‘z manzillarini «Paseo de la Sostellana» ko‘chasi yaqinidagi «Neptun» fontaniga o‘zgartirishadi. Shu-shu o‘sha davrlardan boshlab har ikkala jamoa muxlislari derbiga o‘zgacha ko‘rinishda tayyorgarlik ko‘radigan bo‘lishgan.

«El Klasiko»dan ham qiymatliroq to‘qnashuv

Albatta, ushbu ta’rif bugungi futbol uchun qo‘llanilmagan. «Real»ning katta qismli davrlaridagi azaliy raqibi shubhasiz, «Barselona» bo‘lib kelgan. Lekin Madrid derbisining prinsipiallik darajasi bu borada «Klasiko»dan sira ham qolishmaydi. «Qaymoqranglilar»ning Yevropa chempionnlar kubogini olishidan ancha vaqt avval «Atletiko» 20-30 yilllar davomida Ispaniyada o‘z gegemonligini saqlab turgan. Buni 1939 yili mamlakatda yakuniga yetgan fuqarolar urushidan so‘ng Alfredo di Stefanoning mashhur gaplari bilan ham eslash mumkin. U o‘shanda “bugundan «Barsa»ni unutinglar, bizning yagona boshog‘riq raqibimiz endi «Atletiko» deya iqtibos qoldirgan edi. Darhaqiqiat, Rikardo Zamora boshchiligidagi «matraschilar» o‘zlarini har tomonlama tiklab olishdi, ichki chempionatdagi eng sermahsul jamoaga aylanib olishdi. Shundan so‘ng muxlislar o‘z klubini «hukumat jamoasi», «mamlakat g‘ururi» nomlari ostida atay boshladi. Albatta, barchaga ma’lumki, shundan so‘ng «Real» o‘ziga to‘q biznesmen kompaniyalar ixtiyoriga o‘tib ketgani holda tijorat jamoasiga aylangan. Buni qarangki, klubning xalqaro maydonlardagi muvffaqiyatli yurishlari biroz muddatga tugagach, endi «Atletiko» yana tizginni o‘z qo‘liga ola boshlaydi.

70 yillarning eng sermahsul jamoasini «Real» muxlislari «hindular»(bu nom Lotin Amerikasidagi azaliy yo‘l-yo‘l chiziqlar tufayli kelib chiqqan) deb atashgan. O‘zaro raqobat shu darajaga borib yetganki, o‘shandan keyin «qirollik klubi» rahbariyati yo‘l-yo‘l libosdagi istalgan futbolchining jamoasida o‘ynash huquqini ta’qiqlab qo‘ygan, hatto, u «Atletiko» a’zosi bo‘lmasa ham. Hozirgacha ham har ikkala jamoa ishqibozlari bir-biriga nisbatan ashaddiy dushman nigohida munosabat bildirib kelishadi. «Real» Yevropaning eng sermahsul klubi hisoblanadi va bu yerdagi turli bosqichlarda ularning o‘z hamshaharlari bilan yo‘llari juda ko‘p kesishib turadi. «Atletiko» uch marta qit’aning eng nufuzli musobaqasi finaliga chiqqan va ularning ikkitasida aynan «Real»ga yutqazgan. Ko‘rib turganingizdek, bu klubga hali champion bo‘lish nasib etmagan. Lekin jamoa o‘z tarixida 3 marta Yevropa Ligasi va yana shuncha marta UYEFA super kubogini qo‘lga kiritgan. Ularning bittasi «Real» ustidan qozonilgan g‘alaba (2018).  

«Bernabeu» kim uchun qulayroq?


"Real Madrid”ning uy stadioni teskari ravishda hamshahari uchun qulay manzilga aylanib qolgan. Bu ko‘pchilikning unchalik yodida qolmaydigan Ispaniya kubogi bahslari bilan bog‘liq. «Matraschilar» musobaqa doirasidagi o‘zaro o‘yin bo‘yicha o‘n g‘alabaning naq 9 tasini aynan mana shu stadionda nishonlashgan. Buni bir tomondanushbu turnirda o‘zini erkin his etadigan «Atletiko»ning qudrati bilan o‘lchasak, ikkinchi tomondan kubok finallarining mamlakat futbol federasiyasi tomonidan reytingi yuqori hsoblangan Madrid stadionida o‘tkazilishi bilan ham baholash mumkin. Lekin shu bilan birga «qirollik klubi»ning tarixiy goleadori Krishtianu Ronalduning ham o‘z navbatida «Visente Kalderon»ni qaysidir ma’noda o‘z uy o‘yingohiga aylantirib olganini unutmaslik kerak. Futbolchi 22 goli bilan derbidagi to‘purar hisoblanadi.

O‘zaro statistikalar


Ilk to‘qnashuv – 1906 yil. «Real» minimal hisobda g‘alaba qozongan (1:0)

O‘zaro o‘yinlar – 261 ta. Futbol tarixidagi eng ko‘p qayd etilgan to‘qnashuv.

Eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa – «Real» (148 ta). «Atletiko» (71 ta), 68 ta durang.

Kiritilgan gollar soni – 859 ta («Real»- 499 ta), («Atletiko» – 360 ta)

Derbi to‘purari – Krishtianu Ronaldu (22 gol)

Eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi – Serxio Ramos (43 bahs)

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:15, 12.12.2020.
O'qildi: 3136 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.