Katalon klubi a’zosi Frenki de Yong «Bavariya»ning qiziqish markazida bo‘lib turgan edi. Lekin klub matbuot xizmatidan chiqqan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra «ko‘k-anorranglilar» futbolchisini nemis klubiga bermaydi.
Bungacha «Bavariya» «Barselona»ga niderlandiyalik uchun 70 million taklif qilgan edi. Lekin klubdagi og‘ir moliyaviy ahvolga qaramay De Yong klubiga kerak.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2019 yilda «Barsa»ga «Ayaks»dan o‘tgan edi.