«Barselona» yarim himoyachisi Gavi «PSJ» futbolchisi Xvicha Kvarasxeliyaning o‘yiniga baho berdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar qilmoqda. Ispaniyalik futbolchiga bir qator o‘yinchilarning nomlari aytildi va u ular Xvichadan yaxshiroqmi yoki yo‘qligini aytishi kerak edi.
Gavining fikricha, Kvarasxeliya quyidagi futbolchilardan kuchliroq: Maykl Olise («Bavariya»), Ademola Lukman («Atletiko»), Luis Dias («Bavariya»), Alexandro Garnacho («Chelsi»), Jamal Musiala («Bavariya»), Niko Uilyams («Atletik»), Vinisius («Real»), Bukayo Saka («Arsenal») va Joao Pedro («Chelsi»).
Biroq Gavi ayni damda «PSJ» sharafini himoya qilayotgan Usmon Dembele Kvarasxeliyadan yaxshiroq ekanini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 30 may kuni parijliklar Chempionlar ligasi finalida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi.













