«Rossonerilar» a’zosi Xoqon Chalxonugluning jamoasi bilan yangi shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Bugun uning agenti Gordon Stipich San-Siroga yetib kelgan va rahbariyat bilan uzoq soatli muzokaralar olib borildi.
Rahbariyat futbolchi uchun 3,5 millionlik 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilmoqda. Uning hozirgi maoshi esa 2,5 million. Agar u bunga rozi bo‘lmasa yanvardan boshqa klublar bilan muzokaralar olib borish huquqiga ega bo‘ladi. Chunki Xoqonning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida nihoyasiga yetadi.