Londonning "Arsenal" klubi afsonaviy sobiq futbolchisi Toni Adams Villian bilan shartnoma imzolagani uchun jamoani tanqid qildi.
Joriy yilning yozida Villan "Arsenal"ga "Chelsi" klubidan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgandi va uch yillik shartnoma imzolagandi.
Adams ushbu transferdan qoniqmadi va agar jamoani Arsen Venger boshqarganida hech qachon 32 yoshli hujumchini "Emireyts"ga olib kelmagan bo‘lardi degan fikrda.
"Menimcha, bu jamoani to‘ldirish uchun dangasalikka yo‘l qo‘yilganini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda ular ushbu jarayonni qanday yo‘lga qo‘yganliklari to‘g‘risida savol tug‘ilmoqda.
Arsen Venger qo‘l ostida ajoyib futbolchilarning ajoyib tamoyillarini kuzatardik. U yosh o‘yinchilarni topardi. Arsen hattoki Villianni variantini ham ko‘rib chiqmagan bo‘lardi.
Arsen 30 yoshli hujumchi o‘zining saviyasini ko‘rsata olmaydi deb o‘ylardi.
Villian 12 ta o‘yinda bitta gol urishi... "To‘xta, Uillokni maydonga tushir"-deb baqirgim kelyapti. Martinelli tarkibga qaytdi va boshqa variantlar ham bor", — dedi Adams Stadium Astro bilan suhbatda.